Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

🅄🅇🅃🄸🅈 🌸✿⇣

Логотип телеграм канала @it_is_amazing — 🅄🅇🅃🄸🅈 🌸✿⇣
Логотип телеграм канала @it_is_amazing — 🅄🅇🅃🄸🅈 🌸✿⇣
Адрес канала: @it_is_amazing
Категории: Без категории
Язык: Русский
Количество подписчиков: 1
Описание канала:

Hijob oyati nozil bo'lishi bilanoq, topgan matosi bilan avratini berkitishga uringan sahobiyya ayollari...
Va "men hali bunga tayyor emasman" deydigan oxir zamon qizlari...
Bizni kechir Robbim, biz Senga so'zsiz taslim bo'lishni o'rganolmadik.

Рейтинги и Отзывы

4.00

2 отзыва

Оценить канал it_is_amazing и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

2

3 звезд

0

2 звезд

0

1 звезд

0


Последние сообщения

2022-07-23 16:55:49
2 views13:55
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:10 Bir zaif, miskin ayol bir lahzada ham otasi ham eri ham akasini yo‘qotgan. So‘ngratog‘larni larzaga keltiradigan bu habarni eshitgan ayol: “Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga hech narsa qilmadimi?” deb tashvish havotir chekyapti!!!

Batafsil.
2 views15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:10 Rosululloh vodiydagi Alloh taologa o‘z jonlarini sotib uning evaziga buyuk robbilariga qurbat hosil qilib qurbon bo‘lib yotgan sahobiylarning yuzlariga birma bir tikildilar. Birdan muborak yuzlarida qayg‘u va alam alomatlari paydo bo‘lib ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. Qanday qilib arab halqi bu qadar jirkanch vahshiylikka qo‘l urib shuhadolarning sayyidi va Allohning arsloni bo‘lgan amakilar Hamza ibn Abul Muttalibning o‘lik jasadini manabu suratda tilka pora qilganlariga aqllari bovar qilmay qoldi. So‘ngra muborak yoshlari bilan jiqqa ho‘l bo‘lib ketgan ko‘zlarini Hamza radiallohu anhuning jasadiga tikkan holda dedilar “Hech kim siz kabi holatga tushmagan, hech hachon mana bu kabi men uchun omon bo‘lgan joyda turmaganman”.

Batafsil.
2 views15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:10 Garchi men manashu nayzam bilan insonlarning eng yahshisi(Hamza)ni qatl qilgan bo‘lsamda, huddi shu nayzam bilan insonlarning eng yomoni(Musaylama)ni o‘ldirganim tufayli Alloh meni mag‘firat qiladi deb umid qilaman”.

BY Vaxshiy
1 view15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:10 So‘ngra men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga, Madinaga bordim. U zodning ko‘zlari menga tushishi bilanoq shahodat kalimasini aytib iymon keltirdim. So‘ngra menga dedilar: “Sen Vahshiymisan?” Men: “Ha yo Rosululloh” dedim. U zot: “Qanday qilib Hamzani o‘ldirganingni menga aytib ber” dedilar. Bas men bo‘lgan voqeani so‘zlab berdim. So‘zimni nihoyasiga yetkazgach menga dedilar: “Ey bechora, yuzingni mendan yashirgin”. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam to vafot etgunlariga qadar meni ko‘rib qolmasliklari uchun u zotdan o‘zimni olib qochib yurdim.


By Vaxshiy
1 view15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:10 Qulni Abu Bakrga sotishdi. U esa zudlik bilan Bilolni ozod qildi. Umayya unga:
– Ol uni, Lot va Uzzoga qasamki, agar uni bir dirhamga olaman deganingda ham sotib yuborgan bo'lardim, — dedi
Ayni choqda xojaning kinoyali so'zlarida birodar bo'lib qolgan bu aziz insonning izzat-nafsiga tegish, tahqirlash ohanglari ham bor edi. Shu bois Umayyaga javoban:
— Allohga qasamki, uni yuz dirhamga sotganingda ham, to'lardim, — dedi.
U birodarining ozodlikka chiqqanini aytish uchun Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga yo'l oldi. Bu voqea katta bayramga aylandi.
1 view15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:09 Hazrati Umar (r.a.) Hazrati Abu Bakrni (r.a.) eslaganida shunday der edi: "Abu Bakr sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan kishidir". Bunda u Bilol Habashiyni (r.a.) nazarda tutgan. Hazrati Umar (r.a.) "sayyidimiz" deb atagan bu kishi ulug' va aziz insonlardan edi... Ammo qop-qora, ozg'in, bo'ydor, quyuq sochli va tuksiz yuzli bu kishi bunday maqtovlarni bosh egib va ko'zlarini yumgan ko'yi tinglar va shunday der edi: "Asli men habashiyman, kechagina qul bo'lganman!"
Kechagina qul bo'lgan bu habashiy asli kim edi?
U Islom muazzini va but-sanamlarni bezovta etuvchi Bilol ibn Raboh (r.a.) edi. U imon va rostlik mo''jizalaridan biri edi. U buyuk Islomning yorqin siymolaridan edi.
Qur'on nozil bo'la boshlaganidan to bugungacha har o'n musulmondan kamida yetti nafari Hazrati Bilolni biladi. Ya'ni, zamonlaru avlodlar osha yuzmilyonlab insonlar uni taniydilar. Siz hali boshlang'ich ta'lim bosqichlaridan hatlamagan bolakaydan ham, yer yuzining istalgan burchagida yashayotgan musulmon farzandlaridan ham: "Bilol kim, ey bolam?" deb so'rasangiz, u hech ikkilanmay: "Bilol Rasulullohning (s.a.v.) muazzinlari, xojasi dindan qaytarish uchun ustiga og'ir xarsang qo'yib azoblaganida ham "Ahad, Ahad" (Alloh yakkadir) degan sahoba" deb javob qiladi.
Islom Hazrati Bilolga bergan bunday sharafni ko'rib aytamizki, u Islom kelmasidan avval bir hovuch xurmo evaziga xojasining tuyalarini boqib yurgan qul edi. Agar Islom bo'lmaganida uning peshonasidan o'la-o'lgunicha qullik tamg'asi ketmas, bashar izdihomida oyoqosti bo'lar, nomi yo'qlik qa'rida benomu nishon unutilib ketar edi. Lekin rost imoni, inongan buyuk dini unga hayotda va tarixda Islom ulug'lari va valiylari aro oliy maqom va yuksak rutba ato etdi!
Oliynasab, obro'li, nufuzli va mol-dunyo sohibi bo'lgan aksar odamlar habashiy qul Bilol kabi azizlik va martabani qo'lga kirita olmagan. Tani qoraligi, hasab va nasabda nochorligi uni rostligi, imoni, pokizaligi, fidoyiligi erishtirgan yuksak maqomidan mahrum qilolmadi.
1 view15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:09
Xoxlasangiz komentga (Umar ibn Hattob R.A haqida) qo'shimcha ma'lumot yozing...)
1 view15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:09 Hech qachon odamlarning maqtoviga sazovor bo'lish, ularning oldida yaxshi ko'rinish uchun hech narsa qilmang.
Har doim hamma narsani *faqat Alloh rizosi uchun* xolis niyat bilan qiling, aks holda siz odamlarning olqishiga sazovor bo'lasiz, Allohning mukofotiga emas...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
* "Albatta, amallar faqat niyatlarga qarab baholanadi va, albatta, har bir kishi faqat niyat qilgan narsasiga erishadi..."*

(Buxoriy, Muslim)
1 view15:21
Открыть/Комментировать
2022-07-21 18:21:09 Na o'sish bor na kamayish...
1 view15:21
Открыть/Комментировать