2022-02-24 19:22:43
Rossiya ziyolilari urushga qarshi ochiq xat e’lon qildi
Rossiya olimlari va ilmiy jurnalistlar Ukraina bilan urushga qarshi ochiq xat e’lon qilishdi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
"Biz mamlakatimi qurolli kuchlari tomonidan Ukraina hududida boshlangan harbiy harakatlarga qarshi qat’iy norozilik bildiramiz. Bu mudhish qadam ko‘plab qurbonlarga olib keladi va amaldagi xalqaro xavfsizlik tizimi asoslariga putur yetkazadi. Yevropada yangi urush olovi yoqilgani uchun javobgarlik to‘lig‘icha Rossiyaning zimmasida.
Bu urushni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi. Ukraina bizga yaqin mamlakat va shunday bo‘lib qoladi. Ko‘pchiligimizning Ukrainada qarindoshlarimiz, do‘stlarimiz va ilmiy ishlar bo‘yicha hamkasblarimiz bor. Bizning otalarimiz, bobo va bobokalonlarimiz nasizmga qarshi yelkama-yelka jang qilganlar. Shubhali tarixiy taxayyulga mukkasidan ketgan Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining geosiyosiy ambitsiyalarini deb urush qilish bobolarimiz xotirasiga nisbatan surbetlarcha xiyonatdir.
Rossiya urush olovini yoqish bilan o‘zini xalqaro izolyatsiyaga, yakkamoxov-mamlakat bo‘lishga mahkum etdi. Bu shuni anglatadiki, endilikda biz – olimlar o‘z ishimiz bilan ko‘ngildagidek shug‘ullana olmaymiz: zero boshqa mamlakatlardagi hamkasblar bilan to‘laqonli hamkorlik qilmasdan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Rossiyaning dunyodan ajratib qo‘yilishi mamlakatimiz madaniy va texnologik degradatsiyada davom etishini va ijobiy istiqbollar mutlaqo qolmaganini bildiradi. Ukraina bilan urush bu mavhumlikka tomon qo‘yilgan qadamdir".
Maktubni RFA akademiklari Aleksandr Anikin, Yuriy Apresyan, Viktor Vasilyev, Roald Sagdeyev, Aleksandr Sobolev, Sergey Stishov, Svetlana Tolstaya, Yefim Xazanov va boshqa o‘nlab olimlar hamda ilm targ‘ibotchilari imzolashgan.
Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning telegram | facebook | youtube
Российские ученые и научные журналисты опубликовали открытое письмо против «спецоперации».
Авторы послания отмечают, что военная операция ВС РФ приведет к «огромным человеческим жертвам» и подрыву основ сложившейся системы международной безопасности.
По их мнению, для начала военных действий нет «никаких разумных оправданий» и утверждают, что ситуация, которая сложилась в Донбассе, не вызывает у них доверия в качестве повода для военной операции.
Под посланием поставили свои подписи более 100 ученых и журналистов. В комментариях к авторам открытого письма продолжают присоединяться их коллеги.
551 viewsAlisher Ubaydullaev, edited 16:22