Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxo | Istanbul2020

O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari, Turkiy Davlatlar asos topilganligining 30-yillik munosabati bilan, joriy yilning 24-avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo’lib o’tgan “Dunaydan O’rxungacha bo’lgan Ipak yo’li” Rallisining ochilish marosimida ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirning ochilish nutqi bilan Xalqaro Turk Madaniyat Tashkiloti (TÜRKSOY) Bosh kotibi oʻrinbosari Dots. Dr. Bilol Chakichi barcha mehmonlarni qarshiladi.
Bundan tashqari, tadbirda O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi konsuli – Sunnatilla Isomov so’zga chiqib, bizning tarixiy turkiy ildizlarimiz birligi, hamda kuni kecha Samarqandda buyond etilgan «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazining ochilganligini ma’lum qilib, joriy yilning 6-7-sentabr kunlari ushbu ralli musobaqalari O‘zbekistonning Toshkent-Samarqand shaharlari o'tkazilishini aytib o’tib, musobaqada ishtirok etayotgan o’zbek vatandoshimizga va ishtirokchilarga omadlar tilab qoldi.