Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Hurmatli vatandoshlar! O‘zbekistonning Istanbul shahridagi | Istanbul2020

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va O’zbekiston kurash federatsiyasi 2022 yil 26 iyun kuni soat 17:00-20:00 da Istanbul shahri, Zaytunburnu tumani, Topkapi Turk dunyosi mahallasida tashkillashtirilayotgan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini” uchun o’zbek milliy kurashi bo’yicha halqaro turnirga barchangizni taklif etadi!

Musobaqada bir nechta davlatdan 30 ga yaqin polvonlar kuch sinashadi.

Shuningdek, tadbir davomida el suygan san’atkorlarimiz Adham Soliev, Hosila Rahimova, Yahyo Mo’minov, To’lqin Jabborov, Bekmurod Jo’raev va Dilshod Mirzamurodov chiqish qiladilar.

O’zbek milliy palovi ham tarqatilishi kutilmoqda.

Tadbir siz uchun va bepul!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://uzconsulate.taplink.ws/