Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Hurmatli kanal foydalanuvchilari! 2022-yil 14-may kuni soat | Istanbul2020

Hurmatli kanal foydalanuvchilari!

2022-yil 14-may kuni soat 10:00dan 16:00ga qadar O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida fuqarolar uchun "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" tashkil etiladi.

Qabulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) – Feruza Eshmatova va O’zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mas'ul xodimi hamda konsulxona diplomatlari ishtiroklari rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Bosh konsulxonada doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili bilan tanishuv bo’lib o’tadi.

Kun davomida savollaringiz, shikoyat, taklif va murojaatlaringiz yozma va og’zaki shaklda qabul qilinadi.

Eslatib o’tamiz, Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari Davlat himoyasidadir.

Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi haqidagi batafsil ma’lumot quyida keltirilgan:
Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sok. No:8 Beşiktaş / İSTANBUL
Tel: 0212 323 20 37 (39)
Veb-sahifa: http://uzconsulate.org.tr/
E-mail: uzbekconsul@yahoo.com
Telegram: https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
Instagram: istanbul_boshkonsulxonasi
Facebook: https://www.facebook.com/uzconistanbul/