Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Rasman Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kun | Istanbul2020

#Rasman

Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022-yil 2-may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi - Prezident qarori.

Shuningdek, 3-4-may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi
Bosh konsulxonasi 2, 3 va 4 may kunlari ishlamaydi.

Bosh konsulxona 5 may – payshanba kunidan boshlab odatdagi kun tartibiga asosan faoliyatini davom ettiradi.

Barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan “Iyd al Fitr” bayrami bilan muborakbod etamiz!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona