Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Hurmatli vatandoshlar! O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bo | Istanbul2020

Hurmatli vatandoshlar!
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 2022 yil 27 mart kuni soat 12:00-17:00 da Istanbul shahri, Zaytunburun tumani, Topkapi Turk dunyosi mahallasida tashkillashtirilayotgan “Turk Dunyosi Bahor Festivali”ga barchangizni taklif etadi!
Tadbirda el suygan san’atkorlarimiz Adham Soliev, Ahror Qo’shmatov, Sarvara, “Original” guruhi, Gulmurod Kenjaev hamda Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon, Turkmanistonlik san’at ustalari o’z ashula va raqslarini Siz azizlarga arg’umon qiladilar.
O’z farzandlaringiz bilan kelib, madaniy hordiq olib ketishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz! Siz uchun boshqa hadyalarimiz ham bor!

Keling, ko’ring, dam oling!

Tadbir siz uchun va bepul!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona