Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Hurmatli vatandoshlar O'zbekiston Respublikasining Istanbul | Istanbul2020

Hurmatli vatandoshlar

O'zbekiston Respublikasining Istanbul shaxridagi Bosh konsulxonasi fuqarolar uchun 2022 yil 16 fevral kuni "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" deb e'lon qiladi
.

Bu kunda siz Bosh konsulxona xodimlari ishidan
- e'tirozingiz
- talablaringiz
- savollaringiz
- takliflaringizni
bildirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Shu bilan birga, siz Istanbul hududida ro'yxatdan o‘tgan jamiyat, shirkat, firibgar shaxslarga nisbatan munosabatingizni bildirishingiz mumkin.

2022 yilning 16 fevral kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar kelib ariza va shikoyatlaringizni og’zaki va yozma shaklda topshirishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari Davlat himoyasidadir.

Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi haqidagi batafsil ma’lumot quyida keltirilgan:

Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sok. No:8 Beşiktaş / İSTANBUL
Tel: 0212 323 20 36 (37, 39)
Veb-sahifa: http://uzconsulate.org.tr/
E-mail: uzbekconsul@yahoo.com
Telegram: https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxo
Instagram: istanbul_boshkonsulxonasi.