Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Turkiyada pandemiya holati yomonlashgani sababli yangi cheklov | Istanbul2020

Turkiyada pandemiya holati yomonlashgani sababli yangi cheklovlar joriy qilindi

Turkiya hukumati tomonidan mamlakatda pandemik vaziyat yomonlashishi oqibatida (bir kunlik COVID-19ga chalinganlar soni 60 mingdan oshgani sababli) joriy yilning 14-28 aprel kunlari quyidagi yangi cheklovlar joriy qilindi:

Haftaning shanba va yakshanba kunlari komendantlik soati saqlanib qoladi;

Dushanba-juma kunlari xizmat ko‘rsatish sohalarining ish vaqti 19:00 gacha belgilandi;

Turkiya bo‘ylab shaharlararo turizm vaqtincha to‘xtatildi;

18 yoshga to‘lmagan va 65 yoshdan oshgan fuqarolar uchun jamoat tranpsortidan foydalanish taqiqlandi;

Davlat muassasalarining ish vaqti 16:00 gacha etib belgilandi;

Homilador va yosh bolalik ayollar mehnat taʼtiliga chiqariladi;

Maktablarda 8-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishiga ruxsat berildi;

Umumiy ovqatlanish, ko‘ngil ochar joylar, sport majmualari karantin cheklovi oxirigacha o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Barcha oilaviy tadbirlar va ommaviy iftorliklar qatʼiy taqiqlandi hamda mehmonlarga faqat mehmonxonalar xizmat ko‘rsatishi mumkinligi belgilandi;

Mazkur cheklovlar mamlakatdagi pandemiya holatiga qarab yumshatilishi yoki kuchaytirilishi mumkinligi maʼlum qilindi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ayni damda Turkiyada bo‘lib turgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizni qarantin qoidalariga qattiy rioya etishga chaqiradi!

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona