Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

2021-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va | Istanbul2020

2021-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Olgan Bekarni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, Elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Каналга обуна бўлинг ва сўнги янгиликлардан хабардор бўлинг

https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona
“#Uzbekiston__farzandiman”