Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

TDTU Iqtidorli talabalari !!!

Логотип телеграм канала @iqtidorlitalabalartdtu — TDTU Iqtidorli talabalari !!! T
Логотип телеграм канала @iqtidorlitalabalartdtu — TDTU Iqtidorli talabalari !!!
Адрес канала: @iqtidorlitalabalartdtu
Категории: Образование
Язык: Русский
Количество подписчиков: 983
Описание канала:

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi.
Bosh bino 4-qavat.

Рейтинги и Отзывы

2.50

2 отзыва

Оценить канал iqtidorlitalabalartdtu и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

0

3 звезд

1

2 звезд

1

1 звезд

0


Последние сообщения

2022-09-01 10:51:50
Мустақиллигимиз абадий бўлсин!

Каналга уланиш
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
141 viewsAли Aбдурахманов, 07:51
Открыть/Комментировать
2022-08-27 14:33:04 https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Qo’shma ta’lim dasturlari” asosida 2+2 ва 2+3 formatlarida oqishga taklif etadi

Bugungi kunda Toshkent davlat texnika univeriteti chet elning 5 ta nufuzli Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 10 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’ygan.
2022/2023- o’quv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Qo’shma ta’lim dasturlari” uchun kunduzgi va sirtqi shakillarda ta'lim olish bo'yicha ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan xolda rasman tasdiqlangan.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2022 yilning 10-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Abiturientlar quydagi qo’shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo’nalishlariga xujjat topshirishlari mumkin:

Bakalavriat uchun: (kunduzgi va sirtqi).

Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Mashina sozlik texnologiyasi,mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish”, -“Biotibbiyot muhandisligi”,
-“Metallar texnologiyalari” (jarayon turlari bo'yicha).
-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) (sirtqi).
-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha) (sirtqi).

Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar bo’yicha)”,
-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)”,
-“Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar bo’yicha)” (sirtqi),
- “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)”
(sirtqi) .

Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti “Moskva energetika instituti” bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Elektr energetikasi”.

Rossiya Federatsiyasinig Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan -“Transport vositalari muhandisligi (qishloq xo’jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi)”.

Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan
-“Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo’yicha)”.

Batafsil ma’lumotlarni
71 207-54-00, 71 246-80-65 raqamlari orqali yoki www.sop.tdtu.uz sayti va @sop_tgtu kanali orqali olishingiz mumkin.
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
366 viewsAли Aбдурахманов, 11:33
Открыть/Комментировать
2022-08-26 16:05:37 https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
Youth Break the Boundaries Foundation tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro Istanbul Yoshlar Sammiti 2023 da ishtirok etish uchun butun dunyodan yosh liderlardan arizalar qabul qilinmoqda.

Sammit mavzusi “Yangi yetakchilar uchun ijtimoiy rivojlanish maqsadlari” to‘rtta sub-mavzudan iborat: “Yaxshi salomatlik va farovonlik”, “Sifatli ta’lim”, “Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish”, “Sanoat innovasiyalari va infratuzilma”, “Barqaror shaharlar va jamoalar".

Maqsad
– yangi salohiyatli rahbarlarga mamlakat taraqqiyoti uchun real o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini berishga qaratilgan ijtimoiy rivojlanish strategiyalari bilan tanishish, tajriba almashish.

Talablar:
17 yoshdan 35 yoshgacha;
Ingliz tilini yaxshi bilish;
Hech qachon jinoyat ishi bilan bog‘lanmagan;
Ariza topshirish uchun ma’muriy to‘lov oshirish lozim.

Qachon: 6 – 9 fevral 2023 yil

Cheklangan miqdordagi ishtirokchilar uchun mehmonxonada joylashish, ovqatlanish va transferlar qoplanadi.

Ariza topshirish oxirgi muddati: 2022 yil 31 avgust

Batafsil ma'lumot....
374 viewsAли Aбдурахманов, 13:05
Открыть/Комментировать
2022-08-25 16:58:03 Joriy yilning 16-sentyabr kuni "Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Farg'ona viloyati tajribasi: muammo va yechimlar" mavzusida Respublika ilmy-amaliy konferensiya o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

Ushbu Konferensiyada soha mutaxasislari, yosh tadqiqotchilari, va talabalar o'z maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin

Konferensiyaga maqola va tezislar 2022-yilning 28-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
ilmiy tezislar hajmi 4 betdan ko'p bo'lmagan holda, elektron variantda (@ilmiy_konferensiya_bot telegram boti orqali) taqdim etiladi.
Murojat uchun telefon: (71 209-0104)
Manzil:Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 11 A-uy

https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
418 viewsAли Aбдурахманов, 13:58
Открыть/Комментировать
2022-08-25 14:26:08 https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantirilmoqda:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

“Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
Savol yo'llaganingizda TDTU Iqtidorli talabasi ekanligingizni aytib o'shni unutmang!!!
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
406 viewsAли Aбдурахманов, edited  11:26
Открыть/Комментировать
2022-08-25 10:52:07 https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
Bepul vebinar va IELTS o'quv materiallari uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Ro‘yxatdan o‘tgach, siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

IELTS bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan har hafta o‘tkaziladigan bepul IELTS vebinarlari ushbu testning barcha to‘rtta ko‘nikmasi bo‘yicha keng ko‘lamli mavzularni qamrab oladi;

imtihonga tayyorligingizni sinash uchun testga tayyorlanishning har bir bosqichi — Listening, Reading, Writing va Speaking bo‘yicha batafsil o‘quv rejalari va amaliyot testlarini o‘z ichiga olgan yangi IELTS Study Pack.

Bugun „IELTS Speaking Test“ mavzusida vebinar bo‘lib o‘tadi, u og‘zaki imtihon shakli haqidagi umumiy ma’lumot bilan boshlanadi. Keyin siz testning har uch qismi uchun ba’zi zaruriy ko‘nikmalar va strategiyalarni o‘rganish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolani bosing. Shoshiling, joylar soni cheklangan!
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
388 viewsAли Aбдурахманов, 07:52
Открыть/Комментировать
2022-08-24 18:59:00 https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
Kanadada o'qish uchun xalqaro stipendiyalar. Barcha bosqich uchun qisman grantlar!

Kanada universitetlari stipendiyalari:
1. Concordia University International Bachelor’s Scholarships. Konkordiya universiteti xalqaro talabalarga turli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bakalavr stipendiyasini taqdim etadi. Grantlar cheklanmagan, xalqaro talabalar uchun turli xil stipendiyalar taqdim etiladi.

2. Dalhousie University Scholarships. Jamiyat ishtiroki, etakchilik qobiliyatlari va ilmiy yutuqlari asosida xalqaro talabalar turli darajadagi o'qish uchun tanlanadi. Grantlar qiymati 4 yil uchun yiliga $ 500 dan $ 40,000 gacha.

3. Fairleigh Dickinson University for International Students. Bakalavriat va aspirantura dasturlarini izlayotgan xalqaro nomzod akademik va savob rekordlari asosida Fairleigh Dickinson universitetida saxiy stipendiya olishi mumkin. Grantlar 4 yilga uzaytirilishi mumkin. Grantning qiymati yiliga $ 27,000 gacha.

4. Carleton University Awards for International Students. Bu bakalavr dasturiga kirishni rejalashtirayotgan xalqaro va amerikalik o'rta maktab o'quvchilari uchun ajoyib stipendiya. Ushbu stipendiya 4 yillik bakalavr dasturi davomida yangilanishi mumkin.

5. HEC Montreal Scholarships. HEC Monreal Kanadada ishlashga asoslangan, xalqaro va tabaqalashgan stipendiyalarni taqdim etadi. Nomzodlar universitetda kunduzgi talabalar bo'lishga taklif etiladi.

6. McGill University Scholarships. McGill universitetida o'qishni rejalashtirayotgan yoki hozirda o'qiyotgan xalqaro talabalar stipendiyalardan foydalanishlari mumkin. Grantlar ta'lim yutuqlari asosida beriladi.

7. Queen’s University International Scholarships. Queen's universiteti xalqaro talabalarga bakalavriat, magistratura va aspirantura stipendiyalarini taqdim etadi. U butun dunyo bo'ylab talabalarni qo'llab quvvatlash uchun moliyaviy yordam dasturlariga ega.

8. UBC International Leader of Tomorrow Award. UBC International Leader mukofoti yetakchilik qobiliyatiga, jamiyatda ishtirok etish qobiliyatiga ega va jamoat ishlarida ishtirok etishga tayyor bo‘lgan bakalavr talabalari uchundir. Talabalar Britaniya Kolumbiyasi universitetida o'qish uchun stipendiya bilan taqdirlanadilar.

9. UBC Graduate Scholarships. UBC Graduate stipendiyasi aspirantura va doktorlik darajasini olishni rejalashtirgan talabalar uchundir. Talabalar Britaniya Kolumbiya Universitetida o'qish uchun 4 yillik stipendiya va stipendiya bilan taqdirlanadilar.

Davomi bor.... Kanalga do'stlaringizni taklif qiling!
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
628 viewsТДТУ-пост-бот, 15:59
Открыть/Комментировать
2022-08-24 08:09:56
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar haqidagi video qo‘llanmalar bilan tanishing!

Mazkur video qo‘llanmalar orqali har bir tanlovning bosqichlari, shartlari, ishtirokchi jamoalarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot olishingiz mumkin!

1. Yosh kitobxon tanlovi
2. Kibersport musobaqasi
3. Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi
4. Yoshlar raqs festivali
5. Quvnoqlar va zukkolar
6. Shaxmat musobaqasi

Besh tashabbus olimpiadasining mahalla bosqichida ko‘rishguncha!
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
520 viewsAли Aбдурахманов, 05:09
Открыть/Комментировать
2022-08-20 18:59:00 Diqqat e’lon
Kreativ videoroliklar yaratishga qobiliyatingiz bormi? Unda shoshiling!


Tanlovda 16 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

KOʻRIK-TANLOV YOʻNALISHLARI

- Buyuk ajdodlar merosi
- Men ixtirochiman
- Eng kreativ animatsion rolik

Videoroliklar davomiyligi 1,5 daqiqadan 3 daqiqagacha.

Ko’rik tanlovning har bir yo’nalishi bo’yicha g’olib deb topilgan sovrindorlar:
1-o’rin uchun 15 million so’m
2-o’rin uchun 10 million so’m
3-o’rin uchun 5 million so’m pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Batafsil tanlov yo'nalishlari, nizomi va qoidalari haqida

Ko‘rik-tanlov doirasida videoroliklar boʻyicha arizalar 2022-yilning
30-sentyabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Bunda vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida
www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali ariza topshirishi lozim

Iqtidoringga ishon !!!
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
762 viewsТДТУ-пост-бот, 15:59
Открыть/Комментировать
2022-08-20 08:44:37
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalar miqdori

Misol uchun:

AQSHning Stanford University QS reytingida 3-o‘rinda turadi. Mazkur universitetning bakalavr bosqichini bitirgan yosh mutaxassisga BHMning 30 barobarida ustama to‘lanadi.

Buyuk Britaniyaning University of Dundee Tayms reytingida 250-o‘rinda turadi. Mazkur universitetda doktorlik darajasini olgan mutaxassisga BHMning 60 barobarida ustama to‘lanadi.

Batafsil

O
'z iqtidoringni kashf qil !
https://t.me/IqtidorliTalabalarTDTU
888 viewsAли Aбдурахманов, 05:44
Открыть/Комментировать