Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Rektortabrigi #YTIT Hurmatli kanalimiz a’zolari, Sizni eng | YTIT - International

#Rektortabrigi
#YTIT

Hurmatli kanalimiz a’zolari,

Sizni eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy qutlayman.

Maqsadimiz — goʻzal va farovon hayot, erkin va porloq kelajak, hur va mustahkam davlat qurish ekan, bu yoʻlda barchamiz hamnafas, hamqadam boʻlmogʻimiz kerak.

Daxldorlik hissi, oʻz ishiga boʻlgan masʼuliyat va sadoqat, Vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻusi qalbingizni aslo tark etmasin. Boshimizni baland, qaddimizni tik, gʻururimizni osmon qilgan erk va ozodlik bayrami muborak boʻlsin!

Kudaybergenov Janpolat Shamuratovich,

Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti rektori.