Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ahvolimiz 2 Koinotda topishdi yangi yulduz, Izlanishda yoshl | inkuzart

Ahvolimiz 2

Koinotda topishdi yangi yulduz,
Izlanishda yoshlari tun-u kunduz.
Uchirishdi yana bir sunʼiy yo‘ldosh,
Men maqtanib pishirdim eng shirin osh.
*
Topishibdi yana bir dardga davo,
Nanotexnologiya davri ammo.
Bu ketishda osmonda uchar moshin,
Men xursand, tonirovka bo‘ldi pochin.
*
Jentra, chiroyli raqam, uchastka,
Baxt standartlari bizlarda shunaqa.
Monopoliyaga aybdor o‘zim,
Oshsa xam narxi olaman ko‘p pulim.
*
Masxaraboz mi yo vayner bilmadim,
Aksimga qarab o‘zimni ko‘rmadim.
Bachkanaman tor dunyoga tor aql,
Deb o‘zimni ovuntiribman shakl.
*
Qo‘lga kitob oldim nima olmadim,
"Soqqani bos" o‘zimga maslahatim.
Kerak emas menga keng dunyo qarash,
Keng cho‘ntagim vaqtim Benjamin sanash.
*
Baʼzilari to‘ymaydigan dunyo talash,
Boy badavlat ammo kalta dunyo qarash,
Eslab ko‘r-chi olganmisan qo‘lga kitob?
Dedi bobom qayta so‘rab qildi xunob.
*
Kim edik-u kimga aylandi O‘zbek,
Yulduz sanagan Bobomiz Ulug‘bek.
Kelajakka qoldirib Ibn Sino,
Tabiblari tan olgan butun dunyo.
*
Bizga Qodiriy bo‘lmadi tarbiya,
Yozmagandi sheʼrin qilib askiya.
Shuncha yillar o‘tdi naf yo‘q aftidan,
“Ahvolimiz” sheʼrin o‘qing qaytadan.

@inkuzart