2024-04-01 09:30:34
Makro yangilangan supermarket formatini taqdim etdi
O‘zbekistondagi yirik savdo tarmoqlaridan biri “Makro” Chilonzor tumanidagi yangilangan supermarketni taqdim etdi.
Yangilangan do’konning savdo maydoni 1411 m2 ni egallaydi va quyidagilardan iborat:
• kengaytirilgan sabzavot va mevalar maydoni;
• sharqona bozor;
• tayyor yeguliklar orolchasi;
• qahvaxona;
• shinam bolalar maydonchasi.
Shuningdek, supermarketda mehmonlar uchun osh, kabob, quymoqlar, salatlar va vaflilar tayyorlanadi.
Makro do‘konining ichki dizayniga alohida e’tibor qaratilgan.
Hozircha kompaniya rebrending haqida rasman e’lon qilmagan, lekin bu albatta yaqin kelajakda ro‘y beradi, biz esa buni intiqlik bilan kutib qolamiz.
13.8K views06:30