2022-06-24 14:18:29
"KOICA Global Supporters" dasturiga arizalar qabuli boshlanganligini e'lon qiladi!!!
Ariza topshirish muddati:
13-iyundan 4-iyulga qadar
Ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali o'tishingizni so'raymiz: https://www.koicaweko.com/
Talablar:
16 yoshdan oshgan har qanday global fuqaro (millati, jinsi, kasbidan qat’iy nazar)
Quyidagi tajribalarga ega nomzodlarga ustunlik beriladi:
-Rasmiy taraqqiyot yordami (ODA) va xalqaro taraqqiyot hamkorligi haqida keng tushunchaga ega
-Ijtimoiy tarmoqlar kontentini yaratish tajribasiga ega (Facebook, Instagram, YouTube)
-Global faoliyatdagi tajriba (misol uchun, universitet talabalar muxbirlari, xorijiy ko’ngillilar faoliyati va shu kabilar)
-Sur’atga olish, video tayyorlash, videoni tahrirlash hamda maqolalar yozishda tajribaga ega bo’lish
-Boshqa shu kabi muhim tajribalar (KOICA yoki Rasmiy taraqqiyot yordami (ODA) loyihalaridagi ishtirok)
O’rinlar miqdori: 130 kishi
—Kollej/universitet talabalari -81 kishi (shaxsan yoki jamoa bo’lib topshirish mumkin)
—Umumiy (general)-18 kishi (shaxsan yoki jamoa bo’lib topshirish mumkin)
—Global – 31 kishi (faqatgina individual tarzda topshirish mumkin)
*Har qanday global fuqaro yashab turgan hududidan qat’iy nazar topshirishi mumkin (Koreyadagilar ham)
*Agar siz faoliyat davrida chet elda yashasangiz, “global” kategoriyasi ostida ariza topshiringiz lozim.
Faoliyat davri:
—2022-yilning iyulidan dekabrigacha (jami 5 oy)
*Koreyada yashovchilar faoliyatning ishga tushish marosimiga kelib qatnashishlari talab etiladi (Kelib qatnasha olmasa, bu dasturda ishtirok eta olmaydi)
*Marosim joriy yilning 22-iyul (juma) sanasiga belgilangan
*Koreyadan chetda yashovchi ishtirokchilar onlayn qatnashishlari mumkin
Faoliyatlar:
-KOICA/ODA ni on/offlayn tarzda targ’ib qilish and oylik topshiriqlar
-Rasmiy WeKO ijtimoiy sahifalari uchun materiallar rejalashtirish va ishlab chiqish
-KOICA/ODA loyihalari va targib qiluvchi kanallarini kuzatish
-KOICA va uning loyihalarini metavers bo’yicha targ’ib qilish
-Butunjahon fuqarolar bilan global kampaniyada ishtirok
Imtiyozlari:
—Faoliyat yakunlangandan so’ng sertifikatga ega bo’lish
—Faoliyatni amalga oshirish uchun oylik to’lovlar
—Oylik faoliyatda ilg’or jamoa uchun yutuq va rag’batlantirish
—KOICA ning PR sohasida amaliyot qilish imkoniyati
—Faoliyat yakunida eng ko’zga ko’ringan qo’llab-quvvatlovchi uchun KOICA Prezident yutug’i va rag’batlantirishi beriladi.
Qo’shimcha imtiyozlari: Global networking dasturida ishtirok, KOICA tadbirlarida qatnashish imkoniyati va h.k.
Yanada to'liq ma'lumot olish uchun quyidagi havola bilan tanishib chiqing: https://www.koicaweko.com/, https://www.koicaweko.com/
@imirziyoo
157 viewsSM, edited 11:18