Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

MBA (ingliz tilidan “Master of Business Administration” — “biz | Collegium Humanum Uzbekistan

MBA (ingliz tilidan “Master of Business Administration” — “biznes boshqaruvi magistri”) - bu biznes-maktablarda olinadigan nufuzli malaka darajasidir. MBA dasturi tijorat kompaniyalarida o'rta va yuqori darajali menejerlarni tayyorlashga qaratilgan.
Talabalarga biznes sohasidagi amaliy ko‘nikmalar, bilimlar o‘rgatiladi, jumladan: korporativ moliyalarni boshqarish, rahbarlar uchun iqtisodiy fanlar, strategik menejment, xodimlarni boshqarish. MBA diplomi yuqori maoshli ishga joylashish imkoniyatini beradi.

NIMA UCHUN MENGA MBA KERAK?

O'qigandang so'ng 2-4 davomida 35% orta darajali menejerlar yuqori darajali boshqaruv lavozimlariga o'tdilar;
22% menejerlar oz bizneslarini tashkil еtdi;
11% past darajali menejerlar o'rta darajali boshqaruv lavozimlariga o'tdilar, 4% esa darhol yuqori darajali menejerlarga aylandi.

MBA DIPLOMINING MAVJUDLIGI KO'P IJOBIY TOMONLARGA EGA:
Siz biznesni yuritish uchun nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz, birinchi darajali narsani ikkinchi darajadan ajratib, rivojlanish istiqbollarini ko'rishni boshlaysiz.
Trening sizga 10-15-20 yillik tajriba qo'shadi. Bu o'z biznesingizning rivojlanishiga, menejer yoki mansabdor shaxsning karyerasiga ijobiy ta'sir qiladi.
O'zingizga bo'lgan ishonchingiz ortib boradi hamda bilim doirasida kuchli qurolingizga aylanadi. Siz tadbirkorlar, yuqori va o'rta menejerlar, davlat amaldorlari o'rtasida ko'plab istiqbolli tanishlarga ega bo'lasiz.
Bularning barchasi sizga o‘z biznesingizni yaratish va olib borishda, hamda yuqori va o'rta darajali menejer ish faoliyatida samarali yordam beradi.
Kompaniyada yoki muassasada MBA diplomi bor xodim boshqa xodimlar bilan taqqoslaganda ancha balandroq pogonada turadi.

Siz yuqorida ko’rsatilgan yutuqlarga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, MBA diplomini qo’lga kiritishni tavsiya etamiz.