Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Erasmus+ oliy ta’lim hamkorlik dasturi Erasmus+ bu ta'lim, | Collegium Humanum Uzbekistan

Erasmus+ oliy ta’lim hamkorlik dasturi

Erasmus+ bu ta'lim, professional ta'limni rivojlantirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo'yicha Yevropa Ittifoqining dasturidir.
Ushbu dastur yuqorida keltirilgan sohalar bo'yicha Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar va hamkor-davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida moliyalashtiriladi.

Erasmus+ dasturi Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar turli sohalarda, ayniqsa oliy ta'lim sohasida keng va chegaralanmagan hamkorlikning ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Ushbu dastur Yevropa Ittifoqining oliy ta'limga oid Tempus va Erasmus Mundus dasturlarining tajribasi va muvaffaqiyatiga tayanadi.

Dastur talabalar, ilmiy xodim va o'qituvchilar o'zaro almashinuvi hamda oliy ta'lim muassasalari uchun bir qator imkoniyatlarni taklif etadi.

Erasmus+ dasturida ishtirok etuvchi davlatlar 2 guruhga bo'linadi:
Dasturiy davlatlar: Yevropa Ittifoqiga a'zo 28 davlat va Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Turkiya, Serbiya
Hamkor davlatlar: Butun dunyodagi barcha mamlakatlar (shu jumladan O'ZBEKISTON)
Dasturda
I. Oliy ta’lim muassasa (OTM);
II. Individual ishtirokchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

1. O’zbekiston OTMlari uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik imkoniyatlari mavjud:
• Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (Capacity Building in Higher Education)
• Xalqaro kredit mobilligi (International Credit Mobility)
• Erasmus Mundus Qo’shma magistrlik darajalari (Erasmus Mundus Joint Master Degrees (JMP) Jean Monnet) dasturi

2. Individual ishtirokchilar uchun dastur to’liq grant va stipendiyalar taqdim qiladi:
Xalqaro kredit mobilligi / International Credit Mobility (ICM) – Yevropa va O’zbekiston universitetlari o’rtasidagi ikki tomonlama qisqa muddatli almashinuv loyihalari.

Collegium Humanum - Varshava Menejment universiteti Andijon filiali.

Filialning rasmiy sahifalari

Сайт
| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube