Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Grantlar qanday yutib olinadi? - Grant yutib olishda birinchi | 🎓 HOMEWORK.UZ

Grantlar qanday yutib olinadi?

- Grant yutib olishda birinchi qilinadigan ish, o‘zingizni qiziqtirgan grant to‘g'risida ma’lumot topib, unga qo‘yiladigan asosiy talablar, dastur uchun sizning yoshingiz va yo‘nalishingiz to‘g’ri keladimi yo‘qmi shularni aniqlashtirib olish bo‘ladi.

- Ariza topshirayotganda sizdan asosan, CV (tarjimai hol), motivatsion xat, tavsifnoma va baholar, til sertifikati kabi hujjatlar so‘raladi.

“Shuncha hujjat, hammasini to‘plagunimcha grant tugab bo‘ladi-ku!”- deysizmi? Xo‘sh, bu hujjatlar orasida grant yutib olishim uchun eng asosiy rolni qaysi hujjat o‘ynaydi?

Bu hujjatlar orasida motivatsion xat yozishda e’tiborli bo‘ling. Motivatsion xatda bilim va salohiyat, yetakchilik qobilayatingiz va bu grant sizning kelajakdagi faoliyatingizga qanday yordam berishi mumkinligini aniq yozishingiz kerak.

Undan tashqari, CV (tarjimai hol), tavsifnoma, til sertifikati kerak bo‘ladi.

Grant yutib olmoqchi bo‘lsangiz yuqorida aytilgan hujjatlarni tayyorlashda diqqatli bo‘ling!

TELEGRAM