2023-05-12 11:57:13
Hamkorbank ATB tomonidan “Global Money week” – (“Umumjahon pul haftaligi”) loyihasi doirasida.
"Moliyaviy rejalashtirish" mavzusida Andijon viloyatining Shahrixon, Asaka, Bo‘ston, Jalaquduq va Baliqchi tumanlaridagi 2 nafar (jami 10 ta), shuningdek, Namangan viloyati Chust tumanidagi 5 ta maktabda o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Eng namunali dars” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, o‘qituvchilar moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha bank xodimlari tomonidan o‘tib berilgan mavzuni o‘quvchilariga to‘laqonli ravishda, o‘ziga xos uslubda yetkazishi, ularning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini qay tarzda oshirganliklarini tushunarli va ijodiy yondashuv bilan tasvirga olib yuborishlari kerak edi.
Kuni kecha, bankning mas`ul xodimlari tomonidan tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, 1-2-3-o‘rin egalari qimmatbaho esdalik sovg‘alari va maxsus diplom bilan taqdirlandilar.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi yurtdoshlarimizni qutlaymiz:
Nilufar Madaminova – Jalaquduq tumani 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi “Matematika” fani o‘qituvchisi;
Mohidil G‘ulamova – Asaka tumani 25-umumiy o‘rta taʼlim maktabi “Ona tili va adabiyoti” fani o‘qituvchisi;
Sherzodbek Nasibiddinov – Bo‘ston tumani 25-umumtaʼlim maktabi “Informatika” fani o‘qituvchisi.
G‘oliblarga Planshet (1-o‘rin), Televizor (2-o‘rin), smart soati (3-o‘rin) hamda Bankning maxsus sovg‘alari topshirildi.
_______
Определены победители конкурса “Самый образцовый урок”.
В рамках проекта “Global Money week” (“Всемирной недели денег”) АKБ "Hamkorbank" провел конкурс “Самый образцовый урок”, на тему «Финансовое планирование», направленный на повышение финансовой грамотности учащихся. В конкурсе приняли участие по 2 школы (всего 10) из Шахриханского, Асакинского, Бустанского, Жалакудукского и Балыкчинского районов Андижанской области, а также, в 5 школ Чустского района Наманганской области.
По условиям конкурса преподаватели с помощью своего креативного подхода и в понятной форме должны были донести до учащихся, как им улучшить свои знания и навыки в области финансовой грамотности и в целом финансового планирования.
Церемония награждения отличившихся учителей проходила с участием сотрудников банка. Обладатели 1,2 и 3 призовых мест были награждены дипломами и ценными призами.
Победителями стали:
Мадаминова Нилуфар – учитель «Математики» 1-ой общеобразовательной школы Жалакудукского района;
Гуламова Мохидил - учитель «Родного языка и литературы» 25-ой общеобразовательной школы Асакинского района;
Шерзодбек Насибиддинов — учитель «Информатики» 25-ой общеобразовательной школы Бустанского района.
Обладателю первого места был вручён планшет, второму телевизор и третьему смарт часы, кроме того победители конкурса получили специальные подарки от имени банка.
11.4K views08:57