2022-01-31 09:31:49
ЧТО ДЕЛАТЬ, ЕСЛИ ВАШУ МАШИНУ УДАРИЛИ НА ПАРКОВКЕ И СКРЫЛИСЬ?
Водитель может взыскать компенсацию через страховую компанию или в судебном порядке, даже если виновник скрылся с места происшествия. Главное — грамотно действовать:
1) Включить аварийку, выставить знак аварийной остановки.
2) Сфотографировать поврежденный автомобиль.
3) Вызвать сотрудников ГУБДД, чтобы оформить аварию.
4) Если данные виновника известны, сообщить их инспектору. Если нет, посодействовать в розыске (найти свидетелей, посмотреть камеры).
Если виновника найдут, необходимо обратиться в его страховую компанию за выплатой по ОСАГО. В случае если у виновного в ДТП нет полиса, вам заплатит ваша страховая компания. Если виновник не найден, получить выплату можно будет только при наличии у вас страхования КАСКО.
_______________________________
AGAR SIZNING MASHINANGIZNI AVTOTURARGOHDA URIB, YASHIRINISHGAN BO‘LSA, NIMA QILISH KERAK?
Haydovchi, hatto agar aybdor hodisa joyidan yashiringan bo‘lsa ham, tovonni sug‘urta kompaniyasi orqali yoki sud tartibida undirishi mumkin. Muhimi – to‘g‘ri va saviyali harakat qilish:
1) Avariya chirog‘ini yoqing, avariya to‘xtash belgisini qo‘ying.
2) Shikastlangan avtomobilni fotosuratga oling.
3) Avariyani rasmiylashtirish uchun YHXX xodimini chaqiring.
4) Agar aybdorning ma’lumotlari ma’lum bo‘lsa, ularni inspektorga xabar qiling. Agar ma’lum bo‘lmasa, qidiruvda yordam bering (guvohlarni topish, kameralarni ko‘zdan kechirish).
Agar aybdorni topishsa, uning sug‘urta kompaniyasiga TVEFJMSQ bo‘yicha to‘lov yuzasidan murojaat qilish zarur. YTH da aybdor bo‘lgan shaxsda polis mavjud bo‘lmagan taqdirda, to‘lovni sizning sug‘urta kompaniyangiz to‘lab beradi. Agar aybdor topilmasa, to‘lovni faqat sizda KASKO sug‘urtasi mavjud bo‘lganida olishingiz mumkin bo‘ladi.
142 views06:31