Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#2-ishtirokchi Onajon ka'bam o'zing Hayotimni pur ma'nosi óz | °Ferede1m°🕊

#2-ishtirokchi

Onajon ka'bam o'zing

Hayotimni pur ma'nosi ózing,
Yuragimni qon tolasi ózing.
Quling bólay, aytgin tilaging,
Onajon ka'bam ózing!.

Sensan jon-u jahonim,
Jannatimsan sen ózing.
Aytay faqat bir sózim,
Onajon ka'bam ózing!.

Baʼzida oğir botar gaplarim,
Hafa boʻlma, nodondir qizing
Lek unutma ushbu sózlarim,
Onajon ka'bam ózing!.

Betob bólsam yonimdasan,
Jonimga jon berursan ózing.
Qayda boʻlmay qalbimdasan,
Onajon ka'bam ózing!

Sensan meni suyanganim ,
Hayotimda toğimsan ózing .
Borliğimsan,jahonimsan,
Onajon ka'bam ózing!

Sensiz yurak huvullab qolar,
Joni aziz mehmonimsan ózing.
Sensiz kózlarga tólar namlar,
Onajon ka'bam ózing!

Allohimga shukur aytarman,
Tórt muchang soğ yonimda ózing.
Yana takror aytarman,
Onajon ka'bam ózing!

Shudur senga dilimdagi izhorim,
Mangu qolgin,yonimda ózing.
Aytar senga baralla tilim,
Onajon ka'bam ózing!

Abduhalimova Mahbuba

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2-kurs talabasi