Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

37-dars. Can you tell me where...? Do you know...? Quyidagi k | Foydali mahsulotlar

37-dars. Can you tell me where...?
Do you know...?

Quyidagi ko'rinishda savol berganimizda "To be" fe'li gapning oxiriga o'tadi:
Can you tell me where the cinema is? ("where is the cinema" deyilmaydi) - Kinoxona qayerdaligini menga aytib berolasizmi?
Gapning tuzilishida so'zlarning ketma-ketligi:
1. Can you tell me
2. What, where, how kabi savollardan biri
3. So'ralayotgan narsa
4. "To be".
Can you tell me how much this camera is? - Bu kamera necha pul turishini menga aytib berolasizmi?
Do you know... (bilasizmi?) bilan savol berganimizda ham yuqoridagidek:
Do you know how old Tom is? - Bilasizmi, Tomni yoshi nechchida?
Javobi ham shunga o'xshash bo'ladi:
I don't know how old Tom is - Men Tomni yoshi nechchidaligini bilmayman.
I can't remember how old Tom is - Men Tomni yoshi nechchidaligini eslolmayman.
"Do you know" bilan he/she/it uchun savol berganimizda does qo'yilmasdan harakat so'ziga "s" qo'shiladi.
Where does he live? - U qayerda yashaydi.
Do you know where he lives? - U qayerda yashashini bilasizmi?
"To be" bor bo'lsa u savolda ham egadan keyin keladi. Ikkala gapdagi "they are" va "are they"ga e'tibor bering:
Are they married? - Ular turmush qurishganmi?
Do you know if they are married? - Bilasizmi, ular turmush qurishganmi?
O'tgan zamonda ham o'sha holat. "Were they" va "they were"ga e'tibor bering:
Why were they late? - Nimaga ular kech qolishgan edi?
Can you tell me why they were late? - Ular nimaga kech qolishganini menga aytib berolasizmi?
Agar savolga ha yoki yo'q deb javob berish mumkin bo'lsa "Do you know"dan keyin "if" yoki "whether" qo'yilishi shart:
Do you know if she smokes? - Bilasizmi, u chekadimi?
No, she doesn't - Yo'q.

➥ @English_DTM_Tests_IELTS