Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

33-dars. Questions (3) What is it like? - U qanaqa? What so'z | Foydali mahsulotlar

33-dars. Questions (3)

What is it like? - U qanaqa?
What so'zi like bilan birga kelganda yuqoridagidek ma'noda tarjima qilinadi. What gapning boshida, like oxirida keladi.
What was the hotel like? - Mehmonxona qanaqa edi?
Who (kim), What (nima), Where (qayer), Which (qaysi) so'roqlari bilan to/for/about/with/from/of kabi (preposition) so'zlar ham bitta gapda ko'p uchraydi. So'roq so'zlari gapning boshida, preposition gapning oxirida keladi.
Who did she go on holiday with? - U dam olishga kim bilan borgan edi?
Where is your friend from? - Sizning do'stingiz qayerlik?
So'roq emas oddiy gap bo'lsa preposition so'z gapning oxirida kelmaydi, savol berayotganda oxiriga o'tadi:
- I am waiting for somebody (Men kimnidir kutyapman)
- Who are you waiting for? (Siz kimni kutyapsiz?).
Alisher is talking to someone - Alisher bittasi bilan gaplashyapdi.
Who is Asror talking to? - Asror kim bilan gaplashyapdi?

Ingliz tilini noldan o‘rganing

O‘z kelajagingizni o‘zingiz quring!
➥ @English_DTM_Tests_IELTS