Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Bolalarga bering dunyoni... Axir shular-ku, butun olamning | e-gov.uz

Bolalarga bering dunyoni...

Axir shular-ku, butun olamning shodligiyu quvonchi...

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni haqiqiy bayram tadbirlari bilan beg‘ubor farzandlarimiz yodida uzoq vaqt esda qoladigan bo‘ldi.

Kuni kecha Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan ham bolajonlar uchun ko‘ngilochar dasturlar va bayram dasturxoni tashkil etildi.

Kichkintoylar va ularning ota-onalari animatorlar namoyish etgan raqs flesh-mobi, bolalar o‘rtasidagi musobaqalar, sovun pufagi kabi bir qator qiziqarli shoulardan mamnun bo‘lishdi.

Kecha yakunida interaktiv tadbirlarning faol ishtirokchilari bo‘lgan bolajonlarga sovg‘alar ham ulashildi.

@MyGovUz | @eGovUz