Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​BuxDU qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjatlar qabul qilish davo | Edu.uz

BuxDU qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjatlar qabul qilish davom etmoqda

Koʻplab ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlariga binoan, Buxoro davlat universitetining xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan quyidagi qoʻshma taʼlim dasturlariga hujjatlarni qabul qilish muddati 25-noyabrga qadar uzaytirildi:

Isroilning Holon texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi "Informatika va axborot texnologiyalari" hamda "Amaliy matematika va informatika" qoʻshma bakalavriat taʼlim dasturlari;

Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlikdagi "Iqtisodiyot" bakalavriat hamda "Inson resurslarini boshqarish", "Iqtisodiyot", "Geografiya" va "Lingvistika: rus tili" magistratura qoʻshma taʼlim dasturlari (ТОP-800);

Fransiyaning Vatel mehmonxona va turizm biznes maktabi franshizasi asosida "Xalqaro mehmonxona menejmenti" bakalavriat dasturi (oʻz yoʻnalishida TOP-17);

Indoneziyaning Gunadarma universiteti bilan hamkorlikdagi "Raqamli turizm" magistratura qoʻshma taʼlim dasturi;

Bolgariyaning Sofiya universiteti bilan hamkorlikdagi "Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili" qoʻshma taʼlim dasturi (ТОP-700);

Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti bilan hamkorlikdagi "Iqtisodiy xavfsizlik" qoʻshma taʼlim dasturi (ТОP-500).

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube