Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Professional ta’lim muassasalarining sirtqi, kechki va dual ta | Edu.uz

Professional ta’lim muassasalarining sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o’qish boshlandi

2021/2022-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Bugun, 15-noyabrdan e’tiboran, kollej va texnikumlarda sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘quvchilar qabul qilingan kasb va mutaxassisliklarda o‘quv jarayonini tashkil etish boshlandi.

O‘quv jarayonini tashkil etishga ta’lim muassasasi direktori shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Eslatma: kollej va texnikumlarning KUNDUZGI ta’lim shakliga kirish imtihonlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube