Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​#BILASIZMI Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz? | Edu.uz

​#BILASIZMI

Ta’lim olish piramidasi haqida eshitganmisiz?

1960 yillar boshida AQShning Milliy oʻquv laboratoriyasi (National Training Laboratory) “ta’lim olish piramidasi” (“learning pyramid”) tushunchasini ishlab chiqqan.

Unga koʻra, …

Agar oʻqituvchi faqat maʼruza usulidan foydalansa, talaba faqat 5% maʼlumotni xotirasida saqlab qoladi.

Agar talaba mustaqil tarzda kitob oʻqisa, u 10% materialni eslab qoladi.

Agar darsda audiovizual usullardan foydalanilsa, bu holda talabaning oʻzlashtirish darajasi 20% boʻladi.

Agar oʻqituvchi maʼlumotni koʻrsatib bersa (koʻrgazma, namoyishlar orqali oʻqitish usuli), unda xotirada saqlab qolish darjasi 30% ga koʻtariladi.

Rasmda koʻrinib turganidek , yuqoridagi barcha holatlarda talaba PASSIV oʻrganuvchi hisoblanadi.

Eng samarali FAOL bilim quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

Agar darsda talabalar kichik guruhlarga boʻlinib, muhokamalar, baxs-munozara (debatlar)da ishtirok etsa, ularda notiqlik san’ati, tanqidiy fikrlash, toʻgʻri savollar tuzish mahorati rivojlanib, ular materialning 50% ni oʻzlashtirib, xotirada saqlab qolishlari mumkin.

Dars jarayonlarini amaliyot bilan bogʻlash, har qanday olingan yangi ma’lumotlarni amaliyotda sinash oʻrganuvchi uchun katta samara beradi. Bu holda 75% bilim xotirada saqlanib qoladi.

Va soʻnggi bosqich – oʻz bilimlarini boshqalarga yetkazish, oʻrgatish, oʻqitish orqali (teach others) 90% samaraga erishish mumkin.
Bilim olishning eng afzal usuli – bilim berish degan naql bor.

Ushbu ta'lim olish piramidasidan ham muallimlar, ham talabalar to'g'ri xulosa chiqarsa, ta'lim sifati yanada yaxshilanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube