Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI Nama | Edu.uz

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA OʻQUV SEMINAR OʻTKAZILDI

Namangan davlat universitetida ijarada yashovchi talabalarning xavfsizligini taʼminlash, yashash sharoitlarini oʻrganish, ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarni is gazi, yongʻin xavfsizligi, elektr taʼminoti, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlarini nazorat qilish boʻyicha oʻquv seminar oʻtkazildi.

Seminarda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Namangan HETK AJ, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasi, “Hududgaz” Namangan gaz taʼminoti filiali mutaxassislari, universitet rahbariyati hamda 76 nafar tyutorlar ishtirok etishdi.

Seminar yakunlangach, hamkor tashkilotlar mutaxassislari va tyutorlar birgalikda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, xonadon egalari bilan dalolatnomalar tuzildi. Bunday tadbirlarni haftaning chorshanba kuni oʻtkazishga kelishib olindi.

Eduuzdan yiroqlashmang!