Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#e’lon Sirdaryo yoshlar texnoparki stipendiyasi uchun roʻyxat | Edu.uz

#e’lon

Sirdaryo yoshlar texnoparki stipendiyasi uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda


Stipendiya “INNO X” inkubatsiya dasturida ishtirok etadigan 25 nafar ishtirokchiga 3 oy davomida har oy toʻlab boriladi. Oylik stipendiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 barobarini tashkil etadi.

INNO X” inkubatsiya dasturida qanday ishtirok etish mumkin?

1. “INNO X” platformasidan roʻyxatdan oʻting va oʻz gʻoyangizni qisqacha mazmunini yozib qoldiring
(Muddat: 15-yanvarga qadar)

2. Platformada tanqidiy fikrlash test topshiriqlarini bajaring
(Muddat: 17-yanvar)

3. Platformaga oʻz gʻoyangiz taqdimotini yuklang va yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib uni komissiya aʼzolari qarshisida himoya qilib bering
(Muddat: 19-yanvar) 

Eng yaxshi 25 nafar gʻoya egasi inkubatsiya dasturiga qabul qilinadi va har oylik texnopark stipendiyasini qoʻlga kiritadi!

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 90 863-14-04, 90 110-48-09.

На русском
In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube