Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#professional_ta’lim #seminar Joriy yilning 6-yanvar kuni Oli | Edu.uz

#professional_ta’lim
#seminar

Joriy yilning 6-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan professional ta’lim muassasalarida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida professional ta’lim muassasalarini boshqarish, pedagog kadrlar salohiyati, ulardagi o‘quv va ta’lim-tarbiya jarayonlari holati hamda moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

На русском
In English

Bizning kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube