Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#E’tirof Vazirlik mas’ullarining samarali faoliyati e’tirof e | Edu.uz

#E’tirof

Vazirlik mas’ullarining
samarali faoliyati e’tirof etildi

27-dekabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritishda o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari hamda faol fuqarolar “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda yashil maydonlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ko‘rsatgan alohida tashabbuslari uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, departament boshlig‘i Maqsudjon Hamrayev va bosh mutaxassis G‘ulomjon Hakimovga ham “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

На русском
In English

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube