Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#Xayriya “Sen kuchlisan” xayriya tadbiri o‘tkazildi 27-dekab | Edu.uz

#Xayriya

“Sen kuchlisan” xayriya tadbiri o‘tkazildi


27-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tgan tadbirda onkogematologik hamda onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolajonlar tomonidan chizilgan suratlar namoyishi va xayriya marafoni o‘tkazildi.

“Sen kuchlisan” loyihasi kasallikka qarshi kurash jarayonida bemor bolalar va ularning yaqinlariga moddiy hamda ma’naviy ko‘mak berish, shuningdek, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish orqali hayotga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Tadbir doirasida vazirlikka kelgan bolalar uchun robototexnika bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi, konsert dasturi, Qorbobo va Qorqiz chiqishlari tashkil etildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomida bolalar chizgan suratlar vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari, shuningdek, kelgan mehmonlar tomonidan xarid qilindi. Suratlarni sotishdan tushgan mablag‘lar tashkilotchilar tomonidan mualliflarga yetkaziladi.

На русском

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube