Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#xayriya “Sen kuchlisan”: oqqonga chalingan bolalar muallifli | Edu.uz

#xayriya

“Sen kuchlisan”: oqqonga chalingan bolalar muallifligida yaratilgan asarlar kimoshdi savdosiga kutamiz!


Yangi yil – bolalar va kattalar uchun o‘ziga yarasha mo‘jizalar bayrami. Barchamiz necha yoshda bo‘lishimizdan qat’i nazar bu bayramni o‘zgacha kayfiyatda kutamiz, o‘tgan yil sarhisobini qilamiz, rejalar quramiz. Onkologiyaga chalingan bolajonlar bu bayramni bizdan-da intiqlik bilan kutishadi. Ularning ayrim orzulari o‘shalishiga esa siz-u biz sababchi bo‘lishimiz mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Sen kuchlisan” nomli ko‘rgazma va suratlar kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tadi.

Unda onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar namoyish etiladi. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida auksion o‘tkaziladi va unda eng yaxshi suratlar kimoshdi savdoga qo‘yiladi.

Bolajonlarning ko‘rgazmaga kelgan barcha suratlari sotilib, ular bayramni yaxshi kayfiyat bilan o‘tkazishiga bizga sizning yordamingiz kerak. Ko‘rgazmaga keling, bolajonlar chizgan suratlardan bahramand bo‘ling va o‘zingizga yoqqan suratni sotib oling.

Sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Amfiteatr”ida 27-dekabr kuni soat 10:30 da kutamiz!

Ko‘rgazma shartlariga ko‘ra, rasmlarga hech qanday narx belgilanmaydi, ishtirokchilar istagan narxida sotib olishi mumkin.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube