Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Kanaldagi mavzular:
Koʻrilma
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanaldagi mavzular:
Koʻrilma
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.36K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Murojaat uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-31 20:30:56
#Koʻrilma

@e_kutubxona
5.2K views17:30
Ochish/sharhlash
2024-05-31 20:16:21
#Koʻrilma

"Kitob do‘koni bo‘ylab" turkumidan

31.05.2024

*Qanday ko‘rinishda chiqarsang ham yarashaveradigan asar

@e_kutubxona
5.5K views17:16
Ochish/sharhlash
2024-05-30 05:08:38
"Nabaviy tarbiya" turkumidan

@e_kutubxona
8.8K views02:08
Ochish/sharhlash
2024-05-29 13:29:41
#Sahifalar

«Agar oldingi ulamolar biz kabilar ularga merosxo‘r bo‘lishini bilganlarida edi, qabrlariga kitoblari bilan ko‘mishni vasiyat qilgan, hech ham ichlaridagi ilmni tashqariga chiqarmagan bo‘lardilar».

«"Kimki safar qilmagan bo‘lsa, uning ilmiga ishonch yo‘q", deyishgan»


@e_kutubxona
9.1K views10:29
Ochish/sharhlash
2024-05-28 10:00:29 #Vatandoshlik_dasturi

Professionallar

«Siz o‘rganish predmetingizni adabiyotlar va kuzatishlar yordamida o‘zlashtirishingiz mumkin, ammo universitetda bilimlarni kerakli darajada yetkazish uchun, ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarini o‘zingiz bosib o‘tishingiz, ya’ni qanday qilib o‘z tajribangiz asosida empirik faktlardan statistik faktlarni olish va ulardan ilmiy faktlar chiqarishni bilishingiz kerak. Ilmiy izlanishlar natijasida atrof-muhit va uning faoliyati, inson va inson jamoasining faoliyati haqida tushuncha, jamiyat, tabiat va tafakkur yoki mantiq qonunlarining zarurati va ahamiyati haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Bu yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan har bir ustozda talabalar bir zumda ilg‘ab oladigan salohiyat paydo bo‘ladi. Bunday odamda professional uslub, fikrlashning maxsus tartibi rivojlanadi. Adekvat professional kishi boshqa professionallarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘ladi, ularga nisbatan o‘zini talabchan, qo‘llovchi va ilhomlantiruvchi tarzda tutadi. Professional kishi ishonchlidir va o‘z atrofida qattiyat hissini yaratadi. Shuni esda tutish kerakki, professional kommunikatsiya faqat bir xil saviyadagi odamlar orasida vujudga kelishi mumkin; malakasizlar bilan predmetli suhbat imkonsizdir - professional kishi malakasizlar bilan faqat mavhum, oldi-qochdi mavzularda gaplasha oladi».

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

@e_kutubxona
10.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:48:01 Bildirma

Bugun Kitobxonlar klubi guruhida №194 kitob muhokamasi bo‘lib o‘tadi va unda Fyodor Dostoyevskiyning "Telba" romani tahlil qilinadi.

Muhokama vaqti: 20:00 dan 23:00 gacha
9.2K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-05-25 07:08:01
#Sahifalar

Aql bu ishlarni idrok qilolmaydi.

@e_kutubxona
9.0K views04:08
Ochish/sharhlash
2024-05-24 11:05:05 #Keltirma

«Ta’limning o‘zi odamni yuksaltirmaydi va hoziridan afzal yoki ko‘proq ozod qila olmaydi. Ilm insonni yanada qudratliroq, yanada imkonliroq va jamiyatga manfaati ko‘proq qilishi mumkin. Lekin tarix shunga dalolat qiladiki, qoloq millatlardan farqli o‘laroq, ta’lim olgan kishilar va ilmli millatlarni ham xohlagancha o‘ynatish mumkin, balki ularni yovuzlikka xizmat qildirish ham mumkin».

- Ali Izzatbegovich, "Sharq va Gʻarb o‘rtasidagi islom" kitobidan

=========================
Darhaqiqat mazkur fikrning to‘g‘riligini Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi, g‘arbning ilmni qirg‘inbarot qurollar yaratish va ishlatishga bo‘ysundirishi, riboviy iqtisod, jinsiy buzuqlik maqsadlariga xizmat qildirish kabi yovuz maqsadlarda ham mohirona ishlatayotgani tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, ilmda ham niyat, go‘zal axloq va oliy maqsadlarni ko‘zlash muhim rol o‘ynar ekan. Bizda ilmni Alloh uchun hamda uni dunyo va oxirat saodatiga vosita o‘laroq olinishi bejizga emas ekan.

- Mubashshir Ahmad

@e_kutubxona
9.6K views08:05
Ochish/sharhlash
2024-05-22 19:39:57
#Antiutopiya (1726y.)

@e_kutubxona
7.4K views16:39
Ochish/sharhlash
2024-05-21 15:25:07 Qodiriy emaslar haqida

Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar" nashridan keyin o‘sha davr uchun ancha katta pul hisoblangan qalam haqi oladi. Yozuvchining o‘g‘li Habibulla otasidan velosiped olib berishini so‘raydi. Qodiriy quyidagi so‘zlarni aytib rad etadi:
"O‘g‘lim, men senga velosiped olib berishga qurbim yetadi, lekin atrofga qara - xalq yupun, yalangoyoq, yarim och kun kechirmoqda. Men senga velosiped olib berishdan uyalaman, mening o‘g‘lim sifatida och, yupun va yalangoyoq holdagi millatdoshlaring oldida velosiped minib yurishdan sen ham uyalsang kerak".

@e_kutubxona
9.4K views12:25
Ochish/sharhlash