Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Qizbola bilan yana nima haqida gaplashish lozim. Erta jin | Педиатр.uz

​​Qizbola bilan yana nima haqida gaplashish lozim.

Erta jinsiy hayot. Hozirgi kunda jinsiy hayotninng 15-16 yoshda boshlanishi(bir hilda 12-13)unchalik kam uchraydigan holat emas.Yetuk bo‘lmagan ayol organizmi uchun bu yaxshi emas. Erta jinsiy aloqalar-bu odam papiloma virusi yuqishining bitta sababidir,bu bachadon bo‘yni onkologiyasiga olib kelishi mumkin .Qanchalik aloqa va hamkorlar ko‘p bo‘lsa, shunchalik havf yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga boshqa infektsiyalar haqida ham yodda tuting, ular yallig‘lanish kasalliklariga va keyinchalik bepushtlikka olib kelishi mumkin. Bundan tashqari yallig‘lanish jasalliklarinig yarimini xlamidiya infektsiyasi qo‘zg‘atadi, u asosan jinsiy yo‘l orqali o‘tadi. Yana shuni inobatga olish kerakki, 20yoshgacha qizbola, ham jismonan, ham ruhan bola tug‘ishga tayor emas. Shuning uchun, hozircha "Yo‘q"hali ham istalmagan homiladorlikdan 100%lik himoyadir.

Tangalar-eng yaxshi variant emas. Ular teriga so‘rilib, ishqalanadi, to‘qimalar mikrojarohatiga va infektsiya yuqishiga olib keladi. Shuningdek tangalar sintetikadan tayorlanib, teri nafas olishiga yo‘l qo‘ymaydi.Ingichka tangalar ayollar ajralmalarini so‘rib olmaydi,bu esa patogen mikroblarga muhit yaratadi .To‘g‘ri ichki kiyim paxtadan bo‘lishi kerak ,nisbatan qulay, yopiq.

Har kunlik qistirmalar-har kunga emas."Kundalik qistirmalar "ko‘pincha sintetika, rang beruvchi, hushbo‘y hid beruvchi vositalar qo‘shilib tayorlanadi, ular yallig‘lanish va allergiya havfini oshiradi. Shuning uchun ulardan har kuni foydalanish qattiyan taqiqlanadi, agar shamollash va boshqalar bo‘lishini hohlamasangiz.

Tamponlar.Qizbolalarga tamponlardan emas qistirmalardan foydalanish ma'qul. Agar ja zarur bo'lsa, faqat 4soat foydalanish mumkin, keyin uni almashtirish lozim va kechasiga qattiy qoldirmaslik kerak!

Noto‘g‘ri yuvinish. Bu hazil emas, buni ko‘pchilik noto‘g‘ri qiladi. Qizlar jinsiy a‘zolari shunday joylashganki, yuvinganda oldidan orqaga qaratib, salfetka yoki qo‘lingiz bilan yuving!Noto‘g‘ri yuvinish yallig‘lanish kasalliklari(vulvoginit),va gelmintozlarning tarqalishiga olib keladi. Sovunni rang va hid beruvchilarsiz tanlang qizingizning yoshiga qarab albatta.

Postni oxirigacha o‘qilganingiz uchun rahmat. Umid qilamanki bu sizga foydali bo'ladi