Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Bolalarda past harorat Bolalar past tana haroratining saba | Педиатр.uz

​​Bolalarda past harorat

Bolalar past tana haroratining sabablari

Bola tana haroratining ko‘tarilishi ota-onalarni odatda vahimaga solmaydi,chunki ular bunday vaziyatda nima qilishni bilishadi. Ammo tana harorati tushib ketsa nima qilish kerak?

To‘g‘ri e'tibor berish uchun, sababini bilish kerak. Shuning uchun karusel bo‘ylab aylantiring.

Tug‘ma gipotermiya.
Kam uchraydi, biroq agar bola sog‘lomligida va ahvoli yaxshiligida tana harorati 35-35,9 bo‘lsa, havotirga o‘rin yo‘q. Bu bola organizmining o‘ziga hos hususiyatidir.

isitmani tushiruvchi dorilar ta‘siri. Organizmning, kasallikdan keyingi zaiflashish oqibatida bo‘lishi ham mumkin. Vahima qilmang bir ikki kundan so'ng hammasi o‘tib ketadi.

Kunduzgi yoki kechki uyqu ham gradusnik simobiga ta‘sir qilishi mumkin. Shuning uchun bola haroratini holisona baholash uchun, bola uyqudan turishi bilan o‘lchamang.

Past harorat bola charchayotgani belgisi bo‘lishi mumkin. Kun tartibiga e'tibor bering, bola uyqusi yetarlimi, balki qo‘shimcha o‘qish kurslarini kamaytirish kerakdir.

Vazokonstriktor dorilar. Har doim qo‘llanmasini o‘qing, uning buzilishi nafaqat haroratni tushirishi, balki ongni yuqotishgacha olib kelishi mumkin.

Balog‘atga yetish vaqtida ham harorat tushish belgilari namoyon bo‘lishi mumkin (12-16yosh).Kuzating, vaqt o‘tishi bilan bu o‘tib ketadi. Lekin bu holat uzoq davom etsa, darhol shifokorga murojaat qiling .Bunday simptom ichki a‘zolar kasalliklari boshlanishidan dalolat berishi mumkin.

Gipotermiya yana,surunkali vitamin va minerallar yetishmovchiligi bor bolalar va o‘smirlarda kuzatilishi mumkin .Ko‘pincha bu temir yethshmovchiligi anemiyasi. To‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanishga rioya qiling, qattiq dietalardan saqlaning.

Agar gipotermiya titroq bilan birga kechsa, bu zaharlanish belgisi bo‘ladi.Shifokor kerak bo‘ladi.

Ayrim, yashirin kasalliklarning turlari, masalan, bosh miya yoki endokrin tizimi buzilishlari ham,tana haroratining tez-tez tushishi bilan kechishi mumkin. Iloji boricha tezroq pediatiringizga murojaat qilishingiz kerak.