Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

​​Bolada yo‘tal:qachon shifokorga borish kerak? Bolangizda yo | Педиатр.uz

​​Bolada yo‘tal:qachon shifokorga borish kerak?

Bolangizda yo‘tal boshlandi va siz shifokorga borish kerakmi, yo‘qmi bilmayabsiz?Layk bosib, birga hal qilamiz.

Bola faqat orqasida yotganida yo‘talmoqda. Turganida yoki qorinda yotganida yo‘tali yo‘q. Issitmasi yo'q, go‘dak har doimgidek quvnoq. Bu ortiqcha so‘lakdan bo‘lishi mumkin, kuzating va vahima qilmang .

Tumov paydo bo‘ldi, nam yo‘tal, ko‘pincha ertalab va kechqurun yoki bola sakraganida. Harorati normada, ishtahasi yaxshi, bola quvnoq. Kuzating,pediatrga qachon ko‘rsatish kerak , yo‘tal kuchaysa yoki 5kungacha davom etsa.

Bola hayotining birinchi oylarida yo‘tal, og‘ir nafas, lanjlik bo‘lsa, ko‘krak sutini kam emsa-Zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!Issitmasi normada bo‘lsa ham.

Quruq yo‘tal hurujlari,ayniqsa kechasi, hushtaksimon nafas.
Bunday hurujlar jismoniy zo‘riqish, hidli vositalar, hayvonlar bilan muloqot oqibatida paydo bo‘ladi.Darhol shifokorga murojaat qiling.
Yo‘talni o‘zingiz davolamoqchi bo‘lmang, chunki noto‘g‘ri qo‘llangan davo, yanada jiddiy kasallikka aylanishi mumkin.

Bolalarni shamollashlardan asrab bo‘lmaydi-bolaning immun tizimi hali kuchli emas, bolalar bog‘chasiga borish esa har hil kasalliklarning tarqalishiga turtki bo‘ladi.Ammo kasallik havfini kamaytirish uchun, oddiy qoidalarga rioya qiling :

immunitetni mustahkamlash kerak:ko‘proq toza havoda sayr qiling,hona haroratini bir maromda ushlab turing.
vitamin va mikroelementlarga boy oziq ovqatlar bilan oziqlanish:menyuga fasliy sabzavot mevalardan qo‘shing.
shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish ,mikroblarning organizmga tushishidan himoya qiladi. Unga karantin qoidalari ham kiradi:niqob taqish, antiseptiklardan foydalanish, odamlar gavjum joylardan saqlanish.
havoni namlantiring. Quruq havo burun shilliq qavatining qurishiga olib keladi, shuning uchun hona harorati namligini saqlang.

O‘zingizni asrang!Agar kerak bo‘lsa, men yoningizdaman