Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Yer Kuni. Ushbu kunda, biz Yerning kelajagi farzandlarimiznin | Diva_kids_official

Yer Kuni.

Ushbu kunda, biz Yerning kelajagi farzandlarimizning qo'lida ekanini eslatmoqchimiz, shuning uchun ularga bu haqida tez-tez eslatib turishga harakat qiling, o'zingiz o’rnak bo’ling.

Farzandingizga nimalarni so’zlab berishingiz mumkin:

Iqlim o'zgarishlari haqida;

Hayvonlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish haqida;

Sayyorani ko'kalamzorlashtirish zarurligi haqida;

Axlatni ajratish va narsalarndan oqilona foydalanish haqida;

Plastikning zarari haqida;

Suv va elektr energiyasini tejash haqida;

Qizil kitoblar haqida.

Bundan tashqari, tabiatga chiqib, ehtiyotkorona munosabatingizni namoyon qilib, hatto sizniki bo'lmasa ham, axlatdan tozalashingiz mumkin.

Ekologiya va tabiat haqidagi kitob o'qib bering;

Yoshiga mos film qo’ying;

O'simlik yoki daraxt eking;

Ushbu kunga bag'ishlangan shahar tadbirlariga qo'shiling;

Ikkinchi darajali xom ashyodan buyum yasang.