Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi | Правильная дипломатия

Joriy yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda buyuk chex kompozitori Antonin Dvorjak tavalludining 180 yilligi munosabati bilan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vatslav Yilek, Elchi janoblarining o‘rinbosari Roman Krasnitski, konservatoriyaning pedagogik jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Konferensiyada mavzu yuzasidan chexiyalik va o‘zbekistonlik tadqiqotchilar va talaba-yoshlarning ma’ruzalari tinglandi hamda A. Dvorjak haqidagi videofilm namoyish qilindi.
Tadbir chexiyalik skripach Mateush Perushka va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqachilari - Dmitriy Ovchinnikov va Tatyana Myakushkolarning ijodiy uchrashuvi bilan yakunlandi.
Shu kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Chexiya Ijrochilik san’ati Akademiyasi o‘rtasida imzolangan ijodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ikki davlat o‘rtasida san’at va madaniyat sohalari rivojida muhim qadam bo‘ladi deb umid qilamiz.
_____________________________________
Государственная консерватория Узбекистана совместно с Посольством Республики Чехия в Узбекистане провели мероприятие, посвященное 180-летию чешского композитора Антонина Дворжака. В рамках мероприятия были проведены студенческая научно-практическая конференция, Круглый стол с участием Чрезвычайного и Полномочного посла Республики Чехия в Узбекистане Вайлава Йилека, заместителя посла Романа Красницки и профессорско-педагогического состава консерватории. Мероприятие завершилось творческой встречей чешского скрипача Матеуша Перушки и преподавателей консерватории Дмитрия Овчинникова и Татьяны Мякушко. Более того, важным событием стало подписание меморандума о двустороннем сотрудничестве между Государственной консерваторией Узбекистана и Академией исполнительских искусств Чехии.