Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

O‘qituvchilik mahoratingizni yuksaltirishni xohlaysizmi? Br | British Council Uzbekistan

O‘qituvchilik mahoratingizni yuksaltirishni xohlaysizmi?

Britaniya Kengashi turli mavzularni qamrab olgan 400 dan ortiq to‘liq dars rejalarini taklif etadi. Qisqa mashg‘ulotlar, qo‘shiqlardan foydalanish g‘oyalari, she’rlar va hikoyalar dars jarayonini qiziqarli, maqsad sari yo‘naltiruvchi va zavqli jarayonga aylantiradi!

Boshlang‘ich va o‘rta sinflar, shuningdek, kattalar va biznes-talabalarni o‘qitish uchun mo‘ljallangan keng ko‘lamli amaliy manbalar ingliz tilini o‘rgatish sohasidagi mutaxassislar tomonidan tayyorlangan.

Kerakli materiallarni yuklab olish uchun saytimizga o‘ting.

#LearnEnglish

Britaniya Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram