Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Har kuni biz 200 ga yaqin ravishlarni gapda ishlatamiz. Shunin | British Council Uzbekistan

Har kuni biz 200 ga yaqin ravishlarni gapda ishlatamiz. Shuning uchun ularni jumlalarda qayerga qo‘yish kerakligini aniqlash juda muhimdir!

Odatda, ravish fe'ldan keyin ishlatiladi:
He spoke angrily.

Agar fe'ldan keyin ot yoki to‘ldiruvchi bo'lsa, ravish ulardan keyin ishlatiladi:
He opened the door quietly.

“Qanchalik tez-tez?” savoliga javob beruvchi ravish bosh fe’ldan oldin qo‘llaniladi:
We usually spent our holidays with our grandparents.

Harakatning aniq qanday bajarilganligini ta'kidlash muhim bo‘lsa, unda ravish asosiy fe'ldan oldin qo‘yiladi:
He quietly opened the door.

Keling, endi bilimlarni testlar bilan mustahkamlaymiz!

Britaniya Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram