Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Ingliz tilidagi so‘roq gaplarni yaxshi bilishingizga va xato q | British Council Uzbekistan

Ingliz tilidagi so‘roq gaplarni yaxshi bilishingizga va xato qilmasligingizga ishonchingiz komilmi?

Keling, ushbu mavzuni birgalikda eslaymiz!

So‘roq gaplar 5 turga bo‘linadi:

1. General question - umumiy ma'lumotni bilish.

Formula: Do/does/is/can… + subject + Verb…?
Do you like oranges?

2. Tag question - bayonotlar uchun, va javob beruvchi faqat shunday ekangini ma'qullab javob berishi mumkin.

Formula: Subject + Verb… + Isn’t it?/aren’t you?
You like oranges, don’t you?

3. Alternative question - bir nechta taklif qilingan variantlarni tanlashni aniqlashtirish.

Formula: Do/does/is/can… + subject + Verb + 1st object or 2nd object?
Do you like oranges or bananas?

4. Special question - bizni qiziqtirgan ma'lum ma'lumotlarni bilish.

Formula: What/when/where… + is/do/did/will… + subject + Verb…?
What fruit do you like?

5. Question to subject - harakatni kim bajarayotganini bilish uchun.

Formula: Who/what + is/do/did/will… + Verb…?
Who likes bananas?

Qiziquvchan bo‘ling va suhbatdoshlaringizga ingliz tilida to‘g‘ri savollar bering.

Endi bizning testimiz bilan bilimingizni mustahkamlang!

Britaniya Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram