Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Maktab yillarimiz o'tdi birma-bir,  o'tdi kun fasllar,o'tdi ku | Miraculous

Maktab yillarimiz o'tdi birma-bir, 
o'tdi kun fasllar,o'tdi kun-oylar, 
bugun sog'inchdan otadi tonglar 
tongdan sog'inaman seni sinfdosh. 

To'g'risi ranjitgan kunlarim bo'ldi, 
shu kun bedorli tunlarim bo'ldi, 
sog'inchim, iztirobibi o'ylarim bo'ldi, 
yig'lab sog'inaman seni sinfdosh. 

Yillar o'tib ko'rib oqar ko'z yoshlar, 
endi ayro bo'ldi o'shal dildoshlar, 
nahot endi begonadir o'sha sirdoshlar, 
harvaqt sog'inaman seni sinfdosh. 

Qara, oxirgi bor darsda birgamiz, 
oxirgi bor birga tanaffus kutib, 
o'tiribmiz jimgina dardlarni yutib, 
dardli sog'inaman seni sinfdosh. 

So'nggi qo'ng'iroq ham chalinar asta, 
ko'zda mayusligu, qo'lda guldasta, 
maktab yillarimiz o'tdi bir pasta, 
har vaqt sog'inaman SENI SINFDOSH!!!!