Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Uorren Baffet bank aksiyalarini sotib, oltin qazib chiqaruvchi | AZ Capital🇺🇿

Uorren Baffet bank aksiyalarini sotib, oltin qazib chiqaruvchi kompaniyalar aksiyalarini sotib oldi

Baffet oltinga sarmoya kiritilmasligining qat’iy tarafdori edi. Chunki, u oltinni spekulyativ aktiv va u uzoq muddatli sarmoyador portfeliga to’g’ri kelmaydi deb hisoblar edi. Lekin, u qarashlarini qayta ko’rib chiqdi.

Aprel oyida Baffet “Dunyo aviakompaniyalar uchun o’zgardi” da’vosi ostida aviakompaniyalar aksiyalarini sotib yuborgan edi. Avgust oyida esa, bank portfellarini “larzaga keltirdi”:

JPMorgan aksiyalarining pozitsiyalari 62% ga qisqardi
Wells Fargo aksiyalarining pozitsiyalari 26% ga qisqardi
Shuningdek, PNC Financial, M&T Bank, Bank of New York Mellon, MasterCard va Visadagi aksiya pozitsiyalari ham qisqartirildi
Goldman Sachs aksiyalarining pozitsiyalari butunlay yopildi.

Uorren Baffet Kanadadagi oltin qazib chiqaruvchi «Barrick Gold» kompaniyasiga “stavka qildi”, 21 million aksiyani 563 million dollarga sotib oldi.

Manba: vc. ru