Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Demak, berilgan matnlarni shunchaki pala-partish, shosha-pisha | Aslanov's Lessons

Demak, berilgan matnlarni shunchaki pala-partish, shosha-pisha ishlamay (tan oling reading testlarini asosan shunday ishlaysiz) ularga alohida mexr beramiz

Birinchi o'rinda matnni erinmasdan tarjima qilib chiqamiz. Yangi so'zlar chiqib qolsa alohida lug'at daftar tutib o'sha daftarga ularning tarjimasi bilan ko'chirib chiqing.

Undan keyin matnni yana bir bora ingliz tilida o'qib chiqib True False mashqlarini bajaring. Bu manimcha true, bunisi false bo'lsa kerak deb fol ochib emas (darsda buni 'baxtingdan ochaymi taxtingdan ochaymi?' style deyman) maksimal tushunib ishlang. Javoblarni tanlashda bir qarorga kelganingizda nega bunday fikrga kelganingizni bir ikki gap bilan yozma tushuntirib bering. Ham writingga foyda bo'ladi.

Shu usuldan foydalanib ko'ring. Boshqa practice materiallar olib ular bilan ham shu ishni qilsangiz bo'ladi. Umid qilaman tez orada o'zgarish bo'ladi

P.S. Barchaga Juma muborak!

Channel: @Aslanovs_Lessons