2022-06-05 16:34:30
Yelena Azarovani tabriklaymiz!
Bugun sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi maslaxatchi-murabbiyi Yelena Azarova tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Yelena Yuryevna 1973 yilning 5 iyun kuni Moskva shahrida tug‘ilgan. 2000 yili Sidney, 2004 yili esa Afina shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari E.Azarova 1998 yili jahon chempioni hamda yetti bor Yevropa chempionati g‘olibasi bo‘lgan.
Bugungi kunda tajribali mutaxassis sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida maslaxatchi-murabbiy sifatida faoliyat olib boryapti. Taʼkidlash joizki, o‘tgan qisqa davr ichida Yelena Yuryevna terma jamoa aʼzolari qalbida g‘alabaga bo‘lgan ishonch hislarini yana-da yuksaltirdi.
Umid qilamizki, o‘z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo‘yadigan Yelena Azarova murabbiy sifatida ham ko‘plab Olimpiada va jahon chempionlarini kamolga yetkazadi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston suzish federatsiyasining ahil jamoasi Yelena Yuryevnani tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi va unga eng avvalo mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, murabbiylik faoliyatida esa omad va zafarlar hamisha yor bo‘lishligini tilab qoladi.
518 views13:34