2022-03-18 08:34:57
Apelsin ilovasi orqali Rossiyadan O'zbekistonga pul o'tkazmalarini amalga oshirish bo'yicha qo'llanma
Apelsin ilovasini Play Market, AppGallery yoki App Store orqali yuklab oling yoki yangilang, ilovada ro'yxatdan o'ting va o'zingizning plastik kartangizni qo'shing
Pul o'tkazmasini RF ning barcha turdagi (МИР, VISA va MasterCard) kartalaridan O'z.Res. ning barcha (HUMO va UzCard) kartalariga yuborish mumkin.
"Menyu" bo'limiga o'ting, keyin esa "Xalqaro pul o'tkazmalari" ga
"Rossiyadan o'tkazma" ni tanlang
Bunga qadar qo'shilgan kartangizni tanlang yoki boshqa kartangizning ma'lumotlarini kiriting
Qabul qiluvchi kartaning raqamini kiriting yoki ohirgi qabul qiluvchilar ro'yxatidan tanlang
O'tkazma summasini kiriting. O'tkazmani rublda, yoki so'm valyutasida amalga oshirish mumkin. Avtomat tarzda konvertatsiya bo'ladi.
Kartangizning CVV raqamini kiriting
O'tkazmaning shartlari bilan tanishib chiqing va rozilik bering
"Davom ettirish" tugmasiga bosing va o'tkazmani yuborishdan oldin o'tkazma tafsilotlari bilan tanishib chiqing.
Ayrim hollarda i qo'shimcha tasdiqlash hollari talab qilinishi mumkin. O'tkazmaning statusini "Monitoring" bo'limida kuzatishingiz mumkin
O'tkazmaning o'rtacha vaqti - 5 daqiqa. Ayrim hollarda o'tkazma vaqti yuboruvchi bank tomonidan uzaytirilishi mumkin.
16.2K viewsedited 05:34