Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

𝐃𝐢𝐚𝐫𝐲_𝐇𝐢𝐥𝐨𝐥📚

Логотип телеграм канала @angels_library — 𝐃𝐢𝐚𝐫𝐲_𝐇𝐢𝐥𝐨𝐥📚 𝐃
Логотип телеграм канала @angels_library — 𝐃𝐢𝐚𝐫𝐲_𝐇𝐢𝐥𝐨𝐥📚
Адрес канала: @angels_library
Категории: Telegram
Язык: Русский
Количество подписчиков: 360
Описание канала:

✧══════•❁❀❁•══════✧
📖𝙱 𝚒 𝚜 𝚖 𝚒 𝚕 𝚕 𝚊 𝚑🌼🕊️
📖Oddiy bir qizning kutubxonasi
📖In shaa Allah manfaaatli🙃
📖𝑀𝑢𝑟𝑜𝑗𝑎𝑎𝑡 :
@Kaktusingman_bot 🌵
Postni manba bilan olmasangiz rozi emasman☹️☘

Рейтинги и Отзывы

1.50

2 отзыва

Оценить канал angels_library и оставить отзыв — могут только зарегестрированные пользователи. Все отзывы проходят модерацию.

5 звезд

0

4 звезд

0

3 звезд

0

2 звезд

1

1 звезд

1


Последние сообщения 11

2021-06-22 04:54:56 Har bir kun Allohimni bizga inoyatidir
67 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 01:54
Открыть/Комментировать
2021-06-22 04:54:56 #𝙱𝚒𝚜𝚖𝚒𝚕𝚕𝚊𝚑
66 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 01:54
Открыть/Комментировать
2021-06-21 19:01:05 Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Yurakni bir sog’inch o’rtadi yomon.
Hech kimga bildirmay,
uning yoniga
Borgim kelayapti,
Xudojon!

“Tush” deysan,
“Tush” emas,
Tushgin, deyaqol.
Jannat ko’klaridan tushib kelayin.
Umrining har daqiqasiga
Ishqimni, ko’nglimni qo’shib kelayin.

Yoki olib ketay arshi a’lomga,
Yo qolayin uning qoshida omon.
Qayda qilsang, qilgin,
ne qilsang qilgin,
Meni undan mahrum etma, Xudojon!
Men uning hammadan yashirgan siri,
Jon ichida joni bo’lgim kelyapti.
Lablarining qaynoq haroratidan
O’lgim,
O’lgim,
O’lgim kelyapti!..
Dunyo o’z karvonin tortib ketayotir,
Men uning qoshiga yetaman qachon?
Menga farishtalik taxtini emas,
Bir ayol baxtini bergin, Xudojon!
Bilmaysan,
Men uning qonida oqdim,
Yillarning eng nurli xayoli bo’lib
Izn ber,
qolayin shu lahza haqqi,
Uning, faqat uning haloli bo’lib.
Dunyoning eng baxtli ayoli bo’lib!
Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Dilni bir xavotir ezdi ko’p yomon.
Agar u tush bo’lsa
ming yildan beri
Kimga asrayapsan meni, Xudojon!
Kimga asraganding meni, Xudojon
91 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 16:01
Открыть/Комментировать
2021-06-21 18:59:18
Kishida "Qanday holdaman, nimalar qilyapman" deya o'z o'zini tergash tuyg'usining uyg'onishi do'stlik va inoyat dalilidir. Chunki "sevgi bor joyda sitam ham bo'ladi". Begonalarga emas, do'stlarga sitam qilinadi. Ammo sitamda ham sitam bor. Sitam, undan muttasir bo'lganga, o'zi uchun uning yaxshilik va sevgi ekanligini bilganga qilinadi. Shuning uchun, modomiki, sen o'zingda bir dard yoki pushaymonlik his etarkansan, bilgilki, bu senga Allohning inoyati va sevgisidan bir dalildir.

Jaloliddin Rumiy
"Ichingdagi ichingdadur"
71 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 15:59
Открыть/Комментировать
2021-06-21 18:59:18
Qancha toʻgʻri boʻlma, seni muhokama qiladiganlar topiladi. Muhimi oʻzing uchun toʻgʻri boʻl, oʻzingni aldama
62 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 15:59
Открыть/Комментировать
2021-06-21 18:58:58 — Ba'zan sizga nimadir degim keladi...
— Tunda uyg'onib ketganimda
— Yuragim siqilib qolganida
— Mahzun bir musiqani tinglaganimda
— Tunda osmonga yulduzlar chiqqanida
—Yomg'ir tinmay yog'ganida
— Insonlar bilan gaplashgim kelmay qolganida
— O'zimni qo'yarga joy topa olmay qolganimda
— Mayin shabboda essayu, ammo uni bir o'zim sezganimda
— Yolg'izlikda hayollarga chumganimda
—Ko'zimga yosh kelsayu lekin dod solib yig'lolmasam, qalbim og'risayu hech kimga aytolmasam, shunda ham sizga nimadir degim keladi. Haa aynan Nimadir!

Doim aytaman deymanu bo'g'zimga bir nima tiqiladi... Keyin yana shu ahvol yana ayta olmayman.....
Yana jim bo'laman....
Xuddi sizga nimadirni qizig'i yo'qdek....
63 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 15:58
Открыть/Комментировать
2021-06-21 18:58:51

Яшасам майлими, бир сўз демай, жим,
Сизнинг кўнглингизни бииир чеккасида.
Ҳеч ким танимайди, кўрмайди ҳеч ким,
Менга кўнгли йўқнинг қалб ўлкасида.

Ҳеч нарса сўрамай, маюс, безабон,
Эрта-кеч дуои-жонингиз қилиб.
Тунлар тинчингизга бўлганча посбон,
Кундузлар қуёшни қўлимга олиб!

Яшасам майлими,
Йўлларингизда,
Майсадек, қадамлар чангида қолган.
Юз йилда бир тушган назарингиздан,
Дунёда энг улкан бахтни тополган.

Яшасам майлими,
Гоҳ ҳаста, гоҳ соғ,
Гоҳ гуллаб, гоҳида қовжираб, қуриб.
Майлими бир сизга тиласам паноҳ,
Жойнамоз устида йиқилиб, туриб.

Майлими яшасам,
Майли, йўқ фарқи,
Сиз билан эмасми, сиз биланми ё!
Айтинг, қанча турар меҳрнинг нарҳи,
Айтинг, қанча турар сиз бор бу дунё?

Яшасам майлими, барига кўниб,
Сиздан келмаса ҳам зарра илтифот.
Узоқда милтирар бир маёқ бўлиб,
Бўрон, тўфонларда синаса ҳаёт!

Яшасам майлими, бир сўз демай, жим,
Сизнинг кўнглингизни бииир чеккасида....
62 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 15:58
Открыть/Комментировать
2021-06-21 18:58:51 𝙏𝙖𝙦𝙙𝙞𝙧 𝙝𝙚𝙘𝙝 𝙦𝙖𝙘𝙝𝙤𝙣 ó𝙯 𝙮ó𝙡𝙞𝙜𝙖 𝙚𝙢𝙖𝙨. 𝘽𝙞𝙯𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙮ó𝙡𝙞𝙢𝙞𝙯𝙜𝙖𝙙𝙞𝙧. 𝘾𝙝𝙪𝙣𝙠𝙞 𝙩𝙖𝙦𝙙𝙞𝙧 𝙥𝙚𝙨𝙝𝙤𝙣𝙖𝙜𝙖 𝙗𝙞𝙩𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙠ó𝙧𝙜𝙪𝙡𝙞𝙠𝙙𝙞𝙧. 𝘼𝙜𝙖𝙧 𝙨𝙞𝙯 𝙮𝙖𝙭𝙨𝙝𝙞 𝙣𝙖𝙧𝙨𝙖 𝙩𝙖𝙣𝙡𝙖𝙮𝙨𝙞𝙯𝙢𝙞, 𝙮𝙤𝙢𝙤𝙣 𝙣𝙖𝙧𝙨𝙖 𝙩𝙖𝙣𝙡𝙖𝙮𝙨𝙞𝙯𝙢𝙞 —𝙗𝙪 𝙨𝙞𝙯𝙣𝙞 𝙩𝙖𝙦𝙙𝙞𝙧𝙞𝙯𝙙𝙖 𝙗𝙤𝙧 𝙚𝙙𝙞𝙠𝙞. 𝙏𝙖𝙣𝙡𝙖𝙮𝙨𝙞𝙯.. 𝘼𝙮𝙩𝙞𝙨𝙝𝙖𝙧𝙙𝙞, 𝙦𝙖𝙡𝙗𝙙𝙖 𝙮𝙤𝙢𝙤𝙣 𝙞𝙣𝙨𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧 ó𝙧𝙣𝙞 𝙠ó𝙥𝙢𝙞 𝙮𝙤𝙠𝙞 𝙮𝙖𝙭𝙨𝙝𝙞 𝙞𝙣𝙨𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞𝙢𝙞? 𝙉𝙖𝙨𝙞𝙗𝙖𝙨𝙞 𝙗ó𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙝𝙖𝙧 𝙦𝙖𝙣𝙙𝙖𝙮 𝙞𝙣𝙨𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 ó𝙧𝙣𝙞 𝙗𝙤𝙧𝙙𝙞𝙧. 𝙔𝙖𝙭𝙨𝙝𝙞𝙢𝙞 𝙮𝙤𝙢𝙤𝙣𝙢𝙞 𝙗𝙞𝙯𝙣𝙞 𝙩𝙖𝙣𝙡𝙤𝙫𝙞𝙢𝙞𝙯𝙙𝙞𝙧. 𝘽𝙪 𝙚𝙨𝙖 𝙩𝙖𝙦𝙙𝙞𝙧𝙞 𝙖𝙯𝙖𝙡𝙙𝙖𝙣 𝙗𝙞𝙩𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣
60 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 15:58
Открыть/Комментировать
2021-06-21 18:57:27 Nima bo'lganda ham meni unutmang maylimi

Bir telba Intizor bo'lardi ba'zan bidirlardiii ba'zan sukutlanardi goho to'palon gohida tinchlikni xush ko'rardi deng.
Bir manisiz mazasiz gaplar yozib turardi buni o'zi ham bilardi ammo yozaverardi yozaverardii dengggg....
Xushlamasdim ammo tashlab ham ketolmasdim deng...
Uni yaxshi ko'rardik deng maylimi qachonlardir ketsam meni eslab turishga va'da berasizmi unutilib ketmaslikni istayman esingizda qolib ketgilarim bor yaxshim
.
65 views𝓗𝓲𝓵𝓸𝓵 ♡︎, 15:57
Открыть/Комментировать
2021-06-19 11:05:34 Har kuni , har kimdan, xoh u yaxshi yoki yomon bo'lsin, birnima o'rganish mumkin.

"Qaytganimda uyda bo'l" Elchin Safarli
29 views𝔻𝕚𝕪𝕠𝕣𝕒 , 08:05
Открыть/Комментировать