Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

#tashrif Fransiyaning O'zbekiston Respublikasidagi favqulod | Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi | Посольство Франции в Узбекистане 🇫🇷

#tashrif

Fransiyaning O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Aureliya Bushez boshchiligidagi delegatsiya Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida bo'ldi

Mehmonlar texnikum mas'ullari tomonidan kutib olindi va o'zaro hamkorlik loyihalari, xususan texnikumning Fransiyaning Ruan Normandiya universiteti bilan imzolangan ta'lim bitimi bilan yaqindan tanistirildi.

Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida elchi xonim tomonidan:

-Fransiyaning Nitsa shahridagi turizm universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish;

-Mehmonxona xo'jaligi yo’nalishida Fransiyadagi
kampuslar bilan hamkorlik o'rnatish;

-Texnikum o’qituvchilarining Fransiyada malaka oshirishi masalalarida ko’maklashish kabi takliflar ilgari surildi.

Aureliya Bushez texnikumdagi o’qishini Fransiyaning Ruan universitetida davom ettiradigan talabalari bilan suhbat qurdi va kelajakda bu loyihani qo'llab-quvvatlab yanada kengaytirishni aytdi.


@bukhtourism