Получи случайную криптовалюту за регистрацию!

Kibrlilarga oson emas Bir joyda qotib qolgan tanishlarimni ku | Alkozim

Kibrlilarga oson emas

Bir joyda qotib qolgan tanishlarimni kuzatishni boshladim. Tahlil qildim.

Yillar o’tsa ham nega ko’proq o’rganmayapti, ko’proq pul topmayapti? Rivojlanmayapti?

Pul topish ikkita narsaga bog’liq: Qobiliyat, o’rganish tezligi. Qobiliyat ham o’rganishsiz bo’lmaydi. Yangi narsani o’rganish uchun esa eski biladiganlarimiz ishlamayotgan yoki yetmayotgan bo’lishi kerak.

Ya’ni biron nimani o’rganish uchun odam “hozirgi holatim yetarli emas, qilayotgan ishim xato” deb tan olishi kerak.

Tan olish = uyalish.

Demak uyalishdan qo’rqmasang o’sasan. Qo’rqsang — yo’q.

Qotib qolgan insonlar uyalishdan qo’rqib kamchiliklarini tan olishmaydi. Eski ishlari xatoligi tan olinmasa yangi narsa o’rganilmaydi.

Odam xatosidan nega uyalishi mumkin? Axir hamma xato qilsa? Egilgan boshni qilich kesmasa?

Uyalishning asosiy sababi u odam xato qilmayman deb o’ylaydi. Doimo o’z fikrini yuqori sanaydi. Fikri haqligi uchun emas. Uniki bo’lgani uchun. Kibrning ham asl tarifi shu — xato bo’lsada o’z fikridan qolmaslik.

Xulosa: Imkon bo’la turib qotib qolish kibrga borib taqalyapti.

Kibrning zararlarini ko’zim bilan tanishlarimda ko’rayapman.

Meni holatimda inson kibrining darajasi fikrlash torligi va daromad kamligiga proporsional bo’lib chiqyapti. Yuqori kibr = Kam bilim. Kam bilim = kam daromaddan chiqishning imkonsizligi. Kam daromad = qiyin hayot.

Demak tanlov oddiy. Kibrga to’la qiyin yoki tavozuli oson hayot.

@azizrakhimov_blog